Leonid Nikolayevich Babushkin (1902.23.3, Toshkent - 1976.26.5) - geograf, agrometeorolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). Geogr. fanlari doktori (1950), professor (1952), Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1926). Oʻrta Osiyo meteorologiya institutining Toshkent geofizika rasadxonasida ilmiy xodim, Oʻzbekiston Babushkin Leonid Nikolayevich vazirligida bosh agrometeorolog (1941–46), Oʻrta Osiyo universiteti tabiiy geogr. kafedrasi oʻqituvchisi, dots., professor, kafedra mudiri (1947–76), 1955–61 yillarda ilmiy ishlar boʻyicha universitet prorektori. B.ning ilmiy ishlari agrometeorologiya, agroiqlimshunoslik va tabiiy geogr. masalalariga bagʻishlangan. Sugʻorma dehqonchilik zonalarini agroiqlimiy rayonlashtirish va Oʻrta Osiyoni tabiiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil