Levicha hofiz, Boboxonov Levi (1873, Buxoro — 1926, Samarqand) — atoqli hofiz. Millati Buxoro yahudiylaridan. Hofizlik sanʼatini buxorolik Borux va Yuno Ismoilovlar, chorjoʻylik Hojixon Hofiz, keyinchalik Ota Jalol Nosirov kabi ustoz sanʼatkorlardan oʻrgangan. Maqom yoʻllarini tanbur va doira joʻrnavozligida oʻziga xos uslubda mahorat bilan ijro etgan. Diapazoni keng, tiniq va yoqimli ovozi bilan shinavandalarni maftun qilgan. Levicha hofiz 1890-yillardan boshlab Buxoro amiri saroyida xizmat qilgan. 1909—1911–yillarda Riganing mashhur "Pishushiy Amur" grammofon firmasi uning ijrosidagi Talqini Sabo, Nasri Ushshoq, Navroʻzi Sabo, Ushshoqi Qoʻqand, Ufari Moʻgʻulchai Segoh va boshqa asarlarni gramplastinkaga yozib olgan. 1921—1923-yillarda Levicha hofiz Buxoro Sharq musiqa maktabida dars bergan. 1923-yilda Samarqandga koʻchib kelib, badiiy havaskorlik toʻgaraklariga rahbarlik qilgan. Shogirdlaridan Sh. Sohibov, B. Zirkiyev, M. Tolmasov va boshqa tanilgan. Levicha hofizning ijro anʼanalarining davomchisi oʻgʻli Mushe Boboxonov (1910 — Buxoro —1983) — maqomchi-xonanda va sozanda (tanbur, doira). Oʻzbekiston xalq hofizi (1934). Buxoro musiqa bilim yurtida dars bergan (1931-yildan). Nevarasi Ari Boboxonov (1934, Buxoro) — sozanda (rubob, tanbur).

Levi Boboxonov

Adabiyot tahrir

  • Xaimov Ye., Levina Hofiz. Hayoti va ijodi haqida, T., 1975.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil