Ruddy Lilian Thuram-Ulien (fransuzcha: Ruddy Lilian Thuram-Ulien),Lilian Thuram (fransuzcha: Lilian Thuram)-fransuz futbolchisi va himoyachisi.1972-yil 1-yanvarda Gvadelupe

Futbol
Lilian Thuram
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ism-sharifi Ruddy Lilian Thuram-Ulien
Laqabi Thu-Thu,Le Philosophe,Le Tronc,Lico
Tugʻilgan sana 1972-yil 1-yanvar(1972-01-01)[1][2][3][…](50 yosh)

Gvadelupa,Puent-a-Pitr
Fuqaroligi
Boʻyi 185 sm
Ampulasi himoyachi
Klub oʻrinbosarlari
1981—1982 Flag Fransii (1976—2020) Portuga (Fontenblo)
1983—1984 Flag Fransii (1976—2020) Fontenblo
1985—1987 Flag Fransii (1976—2020) Melyon
1987—1988 Flag Fransii (1976—2020) Ontont
1988—1989 Flag Fransii (1976—2020)Fontenblo
1990—1991 Flag Fransii (1976—2020) Monako
Klubdagi faoliyati[* 1]
1991—1996 Flag Fransii (1976—2020) Monako 173 (9)
1989—1991 Flag Fransii (1976—2020) Monako B 34 (0)
1996—2001 Flag Italii Parma 201 (1)
2001—2006 Flag Italii Yuventus 144 (1)
2006—2008 Flag Ispanii Barselona 41 (0)
1991—2008 Jami 559 (11)
Terma jamoada[* 2]
1992—1994 Flag Fransii (1976—2020)Fransiya (U21) 21 (1)
1995 Flag Fransii (1976—2020)Fransiya (B) 1 (0)
1994—2008 Flag Fransii (1976—2020) Fransiya 142 (2)
Xalqaro medallar
Jahon chempionatlari
Oltin Fransiya-1998
Kumush Germaniya-2006
Konfederasiyalar kubogi
Oltin Fransiya-2003
Yevropa chempionati
Bronza Angliya-1996
Oltin Belgiya/Niderlandiya-2000
Oʻrtayer dengizi oʻyinlari
Bronza Langedok-Russilon-1993 Futbol
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

U 2008-yilda yurakdagi muammolar tufayli faoliyatini yakunlagan.Fransiya terma jamoasi tarkibida jahon va Yevropa chempioni boʻlgan. Fransiya terma jamoasi uchun oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (142)[4].

Biografiya tahrir

Futbolchi sifatida faoliyatini boshlashdan oldin Thuram katolik ruhoniysi boʻlmoqchi edi, ammo vaqt oʻtishi bilan u oʻzida futbolchilik qobiliyatlarini kashf etdi.Uning professional faoliyati 1991-yilda „Monako“da boshlangan.Keyin Italiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda 10 yil davomida „Parma“ va "Yuventus" da oʻynadi.Turin klubi tarkibida 4 marta Italiya chempioni boʻldi (ammo jamoa A Seriyadagi kelishilgan oʻyinlar mojarosidan soʻng soʻnggi ikki liga chempionligidan mahrum etildi).U "Barselona" da ikki mavsum oʻtkazdi, shundan soʻng 2008-yilda Fransiyaga qaytib keldi va u yerda "Parij Sen-Jermen" klubi bilan shartnoma imzolamoqchi edi[5]. Biroq Parijda oʻtkazilgan tibbiy koʻrikda Thuramning yuragi bilan bogʻliq muammolar borligi maʼlum boʻldi.Bu esa uni 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur qildi.

Thuram Fransiya terma jamoasi safida 140 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan va bu jamoada oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi hisoblanadi.U milliy terma jamoa uchun atigi ikkita gol urdi, ikkalasi ham 1998-yilgi Jahon chempionatining yarim finalida Xorvatiyaga qarshi oʻyinda uning gollari evaziga Fransiya 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va finalga yoʻl oldi.Shuningdek u Fransiya bilan 2002,2006-yilgi jahon chempionatlari,1996,2000,2004 va 2008-yillardagi Yevropa chempionatlarida qatnashgan.2006-yilgi Jahon chempionatidan soʻng u terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi (birinchi marta emas), lekin keyinchalik fikrini oʻzgartirdi va 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash musobaqasi oʻyinlari uchun milliy terma jamoaga yetib keldi.2008-yil 9-iyunda Thuram Yevro-2008 ning birinchi oʻyinida Ruminiyaga qarshi uchrashuvdan keyin Yevropa chempionatlarining final bosqichida 15 ta oʻyin oʻtkazgan birinchi futbolchiga aylandi.Shu tariqa u har biri 14 tadan oʻyin oʻtkazgan Zidan,Figu va Poborskini ortda qoldirdi.2008-yil 17-iyunda C guruhidagi soʻnggi oʻyin hisoblangan Fransiya-Italiya 0:2 oʻyinidan keyin Thuram Klod Makelele bilan birgalikda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Thuram 2004-yil mart oyida Pele tomonidan eng yaxshi deb tanlab olingan 125 nafar tirik futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy tahrir

"Monako"

"Parma"

"Yuventus"

"Barselona"

Fransiya terma jamoasi

Shaxsiy tahrir

Shahsiy hayot tahrir

Uylangan, ikki oʻgʻli bor-Markus (1997-yil 6-avgustda tugʻilgan) va Xafren (2001-yil 26-martda tugʻilgan).Ikkalasi ham otalari kabi futbolchi.Markus Germaniyaning „Borussiya Myonxengladbax“ klubi hujumchisi,2016-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi,Fransiyaning milliy terma jamoasi futbolchisi.Xefren Fransiyaning „Nissa“ klubida oʻynaydigan yarim himoyachi.

Thuramning amakivachchasi Yoann Thuram-Yulien darvozabon."Monako" tarbiyalanuvchisi, hozirda „Amyen“da oʻynaydi.

Eslatmalar tahrir

  1. Lilian Thuram // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Lilian Thuram // BD Gestʼ (fr.)
  3. Lilian Thuram // Discogs (angl.) — 2000.
  4. „Les records des Bleus“ (fr). www.fff.fr. 2011-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-sentyabr.
  5. Tyuram podpishet kontrakt s „PSJ“[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка. Chempionat.ru. 26-iyunya 2008

Havolalar tahrir


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "*", but no corresponding <references group="*"/> tag was found