Linda Manzer (1952-yil 2-iyulda tug'ilgan) - kanadalik lyuter ustasi, o'zining archtop gitara, yuqori tondagi gitara va arfa gitaralari bilan mashhur.

Faoliyati tahrir

Manzer o'rta maktabda o'qib yurgan kezlari xalq orasida qo'shiqchi sifatida tanilib ulgurgan. U gitara chalishni ham bilgan. Manzerning faoliyati u dulsimer olish orzusida bo'lib yurgan kezlarida boshlangan, lekin uni sotib olishga moliyaviy jihatdan qurbi yetmagani uchun o'sha to'plamdan bittasini yasagan. U ikkita san'at kollejida o'qigan, u yerda rassomchilikni o'rgangan. Linda Yassi gitara yasash bo'yicha 1974-yildan 1978-yilgacha Jan Larrive bilan birga o'qiydi. U 1983 va 1984-yillarda Nyu-Yorkka borgan va Jimmi D'Aquisto bilan birga archtop yasalishini o'rgangan[1].

O'zining standart modellaridan tashqari, u 50 dan ortiq gitara prototiplarini, shu jumladan soprano gitara, birinchi akustik bariton gitarasini ham ishlab chiqqan va yasagan. Shuningdek, u birinchi akustik sitar gitara va bo'yinli arfa gitaralarini ham ishlab chiqqan.

U jaz musiqachisi Pat Metheny uchun 25 dan ortiq asboblarni, jumladan, 42 torli va to'rtta bo'yinli Pikasso asboblarini loyihalashtirgan va yasagan. U Pikassoni ko'plab albomlardagi qo'shiqlar va musiqalar uchun chalgan. "Imaginary Day", "What's It All About," va "Beyond the Missouri Sky (Short Stories)" (Qisqa hikoyalar) shular jumlasidandir. Linda Manzer "One Quiet Night" albomida Pat Methenyning bariton gitarasini chalgan. Bundan tashqari, u Metheny bilan 30 ta albom yaratish uchun 30 yillik shartnomaga erishgan.

Manzer gitaralaridan foydalangan professional musiqachilar orasida Julian Lage, Carlos Santana, Henrik Andersen, Stephen Fearing, Milton Nascimento, Liona Boyd, Heather Bishop, Bruce Cockburn, Paul Simon, Roy Patterson, Marie-Lynn Hammond, Susan Crowe va Gordon Lightfoot kabilar bor edi[2].

Uning maxsus dizaynlari orasida daniyalik musiqachi Henrik Andersenga tegishli 52 torli Medusa ham mavjud.

Pikasso gitara tahrir

 
Pikasso gitara
 
Pat Metheny 42 torli Pikasso gitara bilan

1984-yilda Pat Metheny ko'proq torlarga ega gitara so'raydi. Manzer to'rt torli bo'lmadan iborat 42 torli Pikasso gitarasini, shu jumladan Metheny's Sinklavier sintezatori bilan interfeys uchun geksafonik pikapni yaratadi. Pikassoda gitarani stendga oʻrnatish uchun ikkita teshik bor bo'lib, bu gitarachiga gitarani ushlab turmasdan chalish imkonini beradi. Metheny Pikassoning "Secret story" albomidan "Finding and Believing", "Quartet"dan "Montevideo" va "Dismantling Utopia", "Imaginary Day" filmidagi "Into the Dream" va Bred Mehldau bilan "Quartet" albomidagi "The Sound of Water" kuylarini chalgan[1][3]. Pikassoni yasash paytida Manzer xanjar shaklli gitarani ixtiro qilgan. Torlar juda ko'p kesishganligi sababli, Manzer Metheniy gitaraga qarab barcha torlarni ko'ra olishini istaydi. Shu sabab xanjar shaklini tanlaydi. Gitaraning yon tomonlari qo'ltiq ostida ingichkaroq va tizza tomonga borib kengroq yasalgan edi. Bu Methenyga torlarni biroz yuqoridan ko'rish imkonini berardi. Qo'shimcha afzalligi shundaki, u jismoniy jihatdan qulayroq bo'lgan. 1980-yillarda u o'zining barcha gitaralari uchun "Manzer Wedge" dizaynidan foydalanishni boshlagan[1][3].

Yana qarang tahrir

  • Maxsus tayyorlangan asboblar

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Smith. „Builder Profile: Linda Manzer“. Premier Guitar (2009-yil 17-iyun). Qaraldi: 2017-yil 14-yanvar.
  2. „The Larrivee Tradition of Handmade Canadian Guitars, by Zak Morgan“. Cjtm.icaap.org. Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
  3. 3,0 3,1 Booth. „Manzer Guitars“. www.manzer.com. Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.

Havolalar tahrir