Lindsey Brooke Yamasaki (talaffuzi: Lindsey Yamasaki; 1980-yil, 2-iyunda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional ayollar basketbolchisi[1].

Lindsey Yamasaki
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 2-iyun 1980-yil (1980-06-02) (43 yosh)
Oregon City, Oregon
Millati Amerikalik
Boʻyi 6 ft 1 in (1.85 m)
Vazni 180 lb (82 kg)
Karyera maʼlumoti
Maktab Oregon City (Oregon City, Oregon)
Kollej Stanford (1998—2002)
WNBA drafti 2002 / Tur: 2 / Tanlash: 29- overall
Miami Sol tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2002-2006
Pozitsiyasi Hujumchi
Medallari
AQSH bayrogʻi AQSh vakili

Faoliyati tahrir

Yamasaki Oregon shtatida Syd va Kriss Yamasaki.oilasida tugʻilgan. Uning Britt ismli singlisi va Kobi ismli ukasi bor. Lindsey Oregon City oʻrta maktabida oʻqigan. Maktab davrida u ayollar basketbol jamoasini toʻrt marta Oregon shtat chempionatiga olib chiqqan va jamoa uch yil davomida USA Today tomonidan tuzilgan milliy reytingda 1-oʻrinni egallab turgan[2]. U 1998-yilda kollejda eng koʻp ochko toʻplagan basketbolchilardan biri boʻlgan. Yamasaki maktab davrida WBCA All-American nomini olgan. Lindsey WBCA oʻrta maktabi jamoasi bilan All-America oʻyinida ishtirok etgan. Oʻyin davomida u oʻn olti ochko toʻplagan va MVP nomini olgan[3].

Stanford universitetida toʻliq stipendiya bilan Yamasaki 2001—2002-yillardagi mavsumda jamoani Pac-10 muntazam mavsum chempionatiga olib chiqqan[4]. Yamasakining Stanforddagi 4 yillik faoliyati har bir oʻyinda 13,9 ochko, 44,3 % gol va 38,9 % 3 ochkolik toʻpni tashkil etgan[5].

2002-yilgi WNBA draftida 6 fut-2 dyuymli Yamasaki Miami Sol jamoasi tomonidan 13-umumiy tanlov (umumiy 29-oʻrin) bilan jamoa tarkibiga tanlangan. U jamoa bilan 15 oʻyinda oʻrtacha 3,5 ball toʻplagan[6]. 2003-yilda Yamasaki „New York Liberty“ safida 24 ta oʻyin oʻtkazib, oʻrtacha 0,7 ochko jamgʻargan. U shuningdek, Milliy Ayollar Basketbol Ligasida San jose Spiders, Turkiya Ayollar Basketbol Ligasida Ceyhan Belediyespor, Botas Spor va San Antonio Silver Stars jamoalarida oʻynagan. 2006-yil may oyida Yamasaki Seattle Hurricanes jamoasi bilan tuzgan shartnomasini bekor qilgan va shundan soʻng nafaqaga chiqishga qaror qilgan[7].

Stanford jamoasidagi faoliyat statistikasi tahrir

Manba[8]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
1998—1999 Stanford 30 420 39,6 % 0,4 % 0,7 % 5.9 2.6 1.0 0.4 14.0
1999—1900 Stanford 23 153 45,7 % 31,8 % 76,7 % 3.1 0,9 0.3 0.3 6.7
2000—2001
2001—2002 Stanford 32 551 48,4 % 38,3 % 71,6 % 4.8 2.6 0,8 0.3 17.2
Jami ochkolari 85 1124 44,4 % 37,8 % 72,5 % 4.7 2.1 0,7 0.3 13.2

Manbalar tahrir

  1. „WBCA High School All-America Game Box Scores“. Women's Basketball Coaches Association. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  2. „WBCA High School All-America Game Team MVP's“. Women's Basketball Coaches Association. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  3. „WBCA High School All-America Game Box Scores“. Women's Basketball Coaches Association. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  4. „Twentieth World University Games -- 2001“. USA Basketball. 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-oktyabr.
  5. „Stanford Women's Basketball Archives“. 2008-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Yahoo! Sports: Lindsey Yamasaki“. Qaraldi: 2007-yil 30-noyabr.
  7. „WBCA High School All-America Game Team MVP's“. Women's Basketball Coaches Association. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  8. „NCAA Statistics“. web1.ncaa.org. Qaraldi: 2017-yil 28-avgust.

Havolalar tahrir