Lisa Ketrin Evans (1992-yil 21-mayda tugʻilgan[1], Pert, Teysayd) — shotlandiyalik futbolchi, «Arsenal» klubining qanot himoyachisi, «Vest Xem Yunayted» jamoasida ijara asosida oʻynaydi.

Lisa Evans
20160723_SKN_St._Pölten_vs_FC_Bayern_München_3459
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lisa Catherine Evans
Tavallud sanasi 21-may 1992-yil (1992-05-21) (31 yosh)
Tavallud joyi Perth, Shotlandiya Shotlandiya
Boʻyi 166 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
West Ham United W.F.C.
Raqami 7

Ilk yillar tahrir

Evans Pertda Richard va Keyt oilasida tugʻilgan. Yoshligida Evans mahalliy Sent-Jonston Qizlar jamoasining futbolchisi boʻlib, u yerda boʻlajak jamoadoshi Lana Klelland bilan oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati tahrir

  «Glazgo City» (2008—2012) tahrir

2008-yil avgust oyida Evans Shotlandiya Premer-ligasidan Glazgo City jamoasiga qoʻshildi[2]. U dastlab 100% rekord bilan ikkinchi divizionda gʻolib chiqqan klubning zaxira jamoasida oʻynay boshladi. U 2009-yilda asosiy jamoada debyut qilgan[3]. Evans, shuningdek, Stirling universitetida Shotlandiya futbol assotsiatsiyasining Ayollar milliy futbol akademiyasi stipendiyasini birinchi sohibalaridan biri edi[4]. Evans sport fanini oʻrgangan[5].

«Glazgo City»dagi faoliyati davomida klub toʻrt marta Milliy chempionlar (2009-yildan 2012-yilgacha), ikki marta Liga kubogi (2009, 2012) va uch marta Shotlandiya kubogi (2009, 2011 va 2012) sohibi boʻlgan. Evans shuningdek 2011-yil Glazgo shahridagi yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi mukofotini oldi[6]. U birinchi marta UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqqan jamoaning bir qismiga aylanib ulgurgan edi. Evans Glazgoni 39ta liga oʻyinida 46 gol urganidan keyin tark etdi.

  «Turbine» (2012—2015) tahrir

2012-yil fevral oyida Germaniyaning Turbine klubi Evansni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi doirasida Glazgo City bilan toʻqnash kelgan oʻyinda koʻrganidan keyin uni sinovga taklif qildi[7][8]. 2012-yil 12-iyunda u Potsdam jamoasi bilan professional shartnoma imzoladi[9][10]. Oʻsha yilning dekabr oyida Evansning shartnomasi yana ikki yilga uzaytirildi[11]. «Turbine» bilan birinchi mavsumida Evans jamoaga Bundesligada ikkinchi oʻrinni egallashga va Germaniya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. U muntazam mavsumda 41 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urganidan keyin Potsdam klubini tark etdi.

  «Bavariya» (2015—2017) tahrir

 
Lisa Bavariya tarkibida

2015-yil aprel oyida Evans «Bavariya» bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[12][13][14]. Birinchi mavsumida u jamoa bilan Bundesligada gʻolib chiqdi va keyingi yili ular kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Jamoa shuningdek, 2015/16-yilgi mavsumda UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasining 1/16 finaliga va 2016/17-yilgi mavsumda chorak finalga qadar yetib borgandi[15]. «Bavariya»dagi faoliyati davomida Evans oddiy mavsumda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

  Arsenal (2017-xozrigacha) tahrir

2017-yil 29-iyunda Evans «Arsenal» bilan shartnoma imzoladi[16]. Jarohatlar va oʻz pozitsiyasi uchun raqobat tufayli, murabbiy Jo Montemurro baʼzida Evansni burchak himoyachisi sifatida maydonga tushirgan. 2018-yilning dekabrida u klub bilan shartnomasini uzaytirdi. «Arsenal»dagi birinchi mavsumida Evans ligada 18 ta oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi, Liga kubogida gʻalaba qozondi va Angliya kubogi finaliga chiqdi. 2019-yil 31-mart kuni Evans klubdagi 50-oʻyinini «Birmingem Siti»ga qarshi oʻtkazdi. 2020-yil 26-sentabrda Evans Angliya kubogida «Tottenxem»ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi[17].

Arsenaldan Vest Xemga tahrir

Evans 2021-yilning avgustida «Vest Xem Yunayted»ga ijaraga berilgan[18].

 
Lisa Evans Vest Xem tarkibida

Terma jamoadagi karyera tahrir

2011-yilning oktabr oyida Evans Shotlandiya terma jamoasida Uelsga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2012-yil fevral oyida Evans Belfastda Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (5:1) oʻzining birinchi xalqaro golini kiritdi[19].

Evans 2015-yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Shotlandiya terma jamoasi safida uchta gol urdi. Shotlandiya saralash guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va pley-offga yoʻl oldi keyinchalik Gollandiyaga magʻlub boʻldi.

2017-yilda Shotlandiya birinchi marta Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi. Evans Shotlandiya terma jamoasining final turnirida ishtirok etadigan tarkibiga kiritilgandi, u yerda Lisa barcha guruh oʻyinlarida ham ishtirok etdi. Shundan soʻng shotlandlar oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallagan JCh-2019 saralash bosqichi oʻtkazildi. 2019-yil 15-may kuni Evans turnirning final bosqichi uchun terma jamoaga roʻyhatiga kiritildi[20][21].

Shotlandiya terma jamoasining Angliyaga qarshi jahon chempionatidagi ilk oʻyinida Evans Kler Emsliga golli uzatmani taqdim etdi va u Shotlandiyaning turnir tarixidagi ilk golini kiritdi.

 
Lisa Arsenal tarkibida

Terma jamoada urilgan gollar tahrir

# Sana Joy Raqib Natija Turnir Urgan goli
1 5-Fevral 2012-yil Solitude, Belfast   5–1 Oʻrtoqlik 1
2 9-May 2012-yil Stadion Kazimierza Deyny, Starogard Gdański   3–1 1
3 8-Mart 2013-yil GSZ Stadium, Larnaca   4–4 2013 Misr kubogi 1
4 22-Sentabr 2013-yil Tórsvøllur, Tórshavn   7–2 2015 FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati kvalifikatsiyasi 1
5 26-Sentabr 2013-yil Fir Park, Motherwell   7–0 1
8 7-Mart 2013-yil GSP Stadium, Nicosia   4–3 2014 Misr kubogi 3
9 10-Mart 2013-yil GSZ Stadium, Larnaca   4–2 1
10 5-Aprel 2014-yil Fir Park, Motherwell   2–0 2015 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati kvalifikatsiya 1
11 23-Oktabr 2015-yil   7–0 2017 EURO kubok kvalifikatsiyasi 1
12 29-Noyabr 2015-yil St Mirren Park, Paisley   10–0 1
13 6-Mart 2017-yil Makario Stadium, Nicosia   3–1 2017 Misr kubogi 1
14 6-Mart 2017-yil Falkirk Stadium, Falkirk   2–0 Oʻrtoqlik oʻyini 1
15 24-Oktabr 2017-yil Paisley 2021 Stadium, Paisley   5–0 2019 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati kvalifikatsiyasi 1
16 6-Mart 2017-yil Pinatar Arena, Murcia   2–0 Oʻrtoqlik oʻyini 1
17 12-Iyun 2018-yil Kielce City Stadium, Kielce   3–2 2019 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati kvalifikatsiyasi 1
 
Lisa Evans Shotlandiya terma jamoasi tarkibida

Yutuqlar tahrir

  «Glazgo City» tahrir

  • Sholandiya chempioni: 2009, 2010, 2011, 2012.
  • Shotlandiya kubogi sohibi: 2009, 2011, 2012
  • Sholandiya liga kubogi sohibi: 2009, 2012.
 
Lisa Evans dugonasi Vivianne Miedema bilan

  Bavariya tahrir

  • Germaniya chempioni 2015/16-yilgi mavsum

  Arsenal tahrir

  • Angliya chempioni: 2018/19-yilgi mavsum
  • Angliya liga kubogi sohibi: 2018-yil

Shaxsiy hayoti tahrir

Evans Londonning shimolida dugonasi, Arsenal va gollandiyalik futbolchi Vivianne Midema bilan yashaydi.[22][23] 2021-yilda We Play strong kanalida u onlayn kursda «Sport, salomatlik va fitnes» mutaxassisligi boʻyicha sirtqi tahsil olayotganini maʼlum qilgan.

2021-yil noyabr oyida Evans va Midema «Common Goal» xayriya harakatiga qoʻshilib, ish haqining 1 foizini yoshlar bilan ishlaydigan jamoat tashkilotlariga xayriya qilishdi. Evansning aytishicha, u va Miedema maydondan tashqarida baxtli va konstruktiv odamlar boʻlishni xohlaydi. Umumiy maqsad futbol orqali jamoaviy va barqaror oʻzgarishlar uchun ideal platformaga erishish.[24]

Manbalar tahrir

  1. https://www.soccerdonna.de/wiki/pedia/profil/spieler_6635.html
  2. http://www.glasgowcityladiesfc.co.uk/LisaEvans.html[sayt ishlamaydi]
  3. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  4. https://bleacherreport.com/articles/180006
  5. https://bleacherreport.com/articles/180006
  6. http://www.glasgowcityladiesfc.co.uk/GlasgowCityAwardsSeason2011.htm
  7. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  8. „arxiv nusxasi“. 3-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  9. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  10. „arxiv nusxasi“. 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  11. https://www.dfb.de/news/detail/bayern-verpflichtet-lisa-evans-von-potsdam-119952/?no_cache=1
  12. https://www.dfb.de/news/detail/bayern-verpflichtet-lisa-evans-von-potsdam-119952/?no_cache=1
  13. https://www.bavarianfootballworks.com/2015/4/3/8338731/bayern-muinich-frauen-sign-scottish-international-lisa-evans
  14. https://www.dailyrecord.co.uk/news/local-news/perths-scottish-internationalist-lisa-evans-5540416
  15. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  16. https://www.arsenal.com/news/lisa-evans-joins-arsenal-ladies
  17. https://twitter.com/ArsenalWFC/status/1112433128335990786
  18. https://www.bbc.co.uk/sport/football/58215296
  19. „arxiv nusxasi“. 18-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  20. https://www.theguardian.com/football/2019/may/15/womens-world-cup-arsenals-emma-mitchell-left-out-of-scotland-squad
  21. https://www.bbc.com/sport/football/48274292
  22. https://heavy.com/sports/2019/07/lisa-evans-vivianne-miedema-girlfriend/
  23. https://www.youtube.com/watch?v=zz8kiIXi3Io
  24. https://www.theguardian.com/football/2021/nov/04/vivianne-miedema-and-lisa-evans-join-common-goal-movement-arsenal

Havolalar tahrir