Elizabeth Christina Mary Durack (talaffuzi: Lizzi Durak; 1994-yil 20-mayda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, oxirgi marta Angliya Ayollar Superligasining „Chelsea“ jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan.

Lizzie Durack
Durack 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Elizabeth Christina Mary Durack[1]
Tavallud sanasi 20-may 1994-yil (1994-05-20) (29 yosh)
Tavallud joyi Sydney, Avstraliya
Boʻyi 173cm[1]
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
North West Sydney Koalas
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2013 Western Sydney Wanderers 5 (0)
2013 Everton 10 (0)
2017-2018 Everton 11 (0)
2018-2019 Chelsea 0 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Angliya U17
2013 Angliya U19 5 (0)
2014 Angliya U20 3 (0)
2014-2016 Angliya U23
2014 Angliya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 8-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 9-iyul uchun)

Yoshligi tahrir

Durack Avstraliyada ingliz oilasida tugʻilgan[2]. Maktab jamoasidagi yagona qiz edi[2].

Kollejdagi faoliyati tahrir

2013-yilda Durack Harvard universitetiga inson rivojlanishining regenerativ biologiyasini oʻrganish va Harvard Crimson futbol jamoasida oʻynash uchun kirdi[3].

Klublardagi faoliyati tahrir

Western Sydney Wanderers tahrir

Durack Shimoliy Gʻarbiy Sidney Koalasida Chloe Logarzo bilan besh yil birga va 2012-yilda Britaniya va Irlandiyaga gastrol qilgan Avstraliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi qizlar jamoasida oʻynagan[4]. 2012–2013-yilgi W-Liga mavsumida Durack Western Sidney Wanderersning kengaytirilgan jamoasida oʻynadi. U Þóra Björg Helgadóttirning zaxira darvozaboni edi[5].

Everton tahrir

Durack 2013-yil boshida Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasi bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun Angliyaga borgan.

Notts County tahrir

2016-yil iyun oyida Durack Notts County qoʻshildi[6].

Evertonga qaytish tahrir

Harvard universitetini tugatgandan soʻng Durack 2017-yilning iyul oyida yana Everton bilan shartnoma imzoladi[7].

2018-yilning 8-iyunida Durack „Chelsea“ bilan shartnoma imzoladi[8]. 2019-yilda professional futboldagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[9].

Terma jamoalardagi faoliyati tahrir

Durack New South Wales Institute of Sportda oʻqigan va Avstraliyaning 17 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan, murabbiy uni xalqaro miqyosda oʻynash tajribasi yetarlicha yaxshi emas deb rad etgan[10][11].

Keyinchalik Angliya futbol assotsiatsiyasi Harvard universitetiga oʻz ayollar terma jamoasiga kirish huquqiga ega boʻlgan futbolchilar haqida maʼlumot soʻrab elektron pochta orqali xabar yubordi. Durackning onasi Doncasterda tugʻilib oʻsganligi sababli Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasida oʻynab koʻrishga taklif qilindi[12].

U 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 2013-yilgi UEFA chempionatining finaliga Angliyaga yordam berganidan soʻng, UEFA tomonidan oʻnta „yangi isteʼdodlar“ qatoriga kiritilgan[13]. 2014-yilgi Kipr kubogida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Sampson Finlandiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Durackni asosiy tarkibga kirgizdi[14].

Oʻsha yilning oxirida u Kanadada boʻlib oʻtgan 2014-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan oʻrtasidagi uchta oʻyinida ham ishtirok etdi. 2016-yil iyun oyida Durack Angliyaning 23 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasida AQShga qarshi oʻynadi[15].

Nafaqa va keyingi hayoti tahrir

Durack 2019-yil sentyabrida nafaqaga chiqdi va Goldman Sachs’da ishladi[2].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „List of Players – England“. FIFA (2014-yil 4-avgust). 2015-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 Wilson. „Chelsea to the City: Goalie who joined Goldman Sachs“ (2019-yil 5-sentyabr).
  3. „Notts County Ladies: Jade Moore, Jo Potter and Lizzie Durack sign“.
  4. „NWS Koalas snap up star Matilda Ellyse Perry“. Football NSW (2012-yil 20-mart). Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  5. „A Wanderer in Harvard“. Western Sydney Wanderers FC (2012-yil 21-dekabr). 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  6. „Notts County Ladies: Jade Moore, Jo Potter and Lizzie Durack sign“. BBC Sport (2016-yil 30-iyun). Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  7. „Ladies Bolster Goalkeeping Options“. Everton F.C. (2017-yil 11-iyul). 2017-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-avgust.
  8. Chelsea Women sign Durack, 8 June 2018, Chelsea Football Club
  9. „LIZZIE DURACK RETIRES“. Chelsea FC (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2019-yil 15-iyul.
  10. Odong, Ann. „Lizzie Durack's journey from Wanderland to the motherland“. The Women's Game (2013-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  11. Callow, James. „England is for keeps, says rising star Lizzie Durack“. The Football Association (2014-yil 29-iyun). Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  12. „Anglo-Aussie Durack grasping second chance“. FIFA (2014-yil 27-iyun). 2014-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  13. „Ten emerging talents from Women's U19 finals“. UEFA (2013-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  14. Lavery, Glenn. „Cyprus Cup match report: Finland 0–3 England Women“. The Football Association (2014-yil 7-mart). Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  15. „Purce, Durack Wrap Up Competition at Nordic Tournament“. Harvard University (2016-yil 7-iyun). 2019-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.