Futbol
Lorenzo Fernandez
Umumiy maʼlumotlar
Laqabi El-Galego (Galisiyalik),El-Patron de la Kancha
Tugʻilgan sana va joyi 1900-yil 20-may
Ispaniya, Redondele
Oʻlimi 1973-yil 16-noyabr (73 yosh)

Montevideo, Urugvay
Fuqaroligi Urugvay
Boʻyi 173 sm
Ampulasi Yarimhimoyachi
Klubdagi faoliyati[* 1]
1915—1917 Flag Urugvaya Kapurro ? (?)
1918 Flag Urugvaya River Pleyt FK ? (?)
1919—1922 Flag Urugvaya Kapurro ? (?)
1923 Flag Urugvaya Atletiko Uonderers ? (?)
1924—1928 Flag Urugvaya Kapurro ? (?)
1928—1935 Flag Urugvaya Penyarol ? (?)
Terma jamoada[* 2]
1925—1935 Urugvay Urugvay 31 (4)
Murabbiylik faoliyati
1941—1942 Flag Urugvaya Penyarol
Xalqaro medallar
Olimpiada oʻyinlari
Oltin Amsterdam 1928 futbol
Jahon chempionati
Oltin Urugvay 1930
Janubiy Amerika chempionati
Oltin Santyago 1926
Oltin Lima 1935
  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

Lorenzo Fernandez (ital.Lorenzo Fernandez) — urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi.1900-yil 20-may Ispaniyaning Redondele shahrida tugʻilgan.Urugvay terma jamoasi futbolchisi.1928-yilgi Olimpiada chempioni, 1930-yilgi jahon chempioni, 1926 va 1935-yilgi Janubiy Amerika chempioni.

Tarjimai holi tahrir

1930-yilda gʻalaba qozongan jahon chempionatida Lorenzo Fernandez oʻz mamlakati terma jamoasi tarkibida barcha 4ta oʻyinni oʻtkazdi.U birinchi jahon chempionatining 4 ta oʻyinida terma jamoa tarkibida toʻliq harakat qilgan kam sonli futbolchilardan biridir.Bu tarixda qolgan oʻyinlar Peru terma jamoasi,Ruminiya terma jamoasi,Yugoslaviya terma jamoasi va finalda Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinlar edi.Terma jamoa tarkibida urilgan 4 goldan bittasini 1929-yil 20-sentabrda Nyuton kubogida Argentina terma jamoasi darvozasiga urgan (2:1).1929-yil 11-noyabrda Janubiy Amerika kubogi musobaqasida Peru terma jamoasiga qarshi baxsda xet-trik qayd etdi (4:1).

Urugvayning „Kapurro“, „Montevideo Uonderers“, „Penyarol“, „River Pleyt“ (Montevideo) futbol klublarida oʻynagan.Urugvay terma jamoasida 31 ta oʻyinda 4 ta gol urgan.Lorenzo 2-3-5 futbol taktikasida markaziy yarim himoyachi sifatida faoliyat olib borgan.1928-yilda Urugvay futbolidagi eng mashhur oʻrta chiziqni oʻngda Guildeon Silva va chapda Alvaro Gestido, markazda esa oʻzi tashkil qildi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng murabbiy boʻlib ishlagan,1941—1942-yillarda „Penyarol“ni boshqargan.

1973-yil 16-noyabrda Urugvayning Montevideo shahrida vafot etgan.

Koʻpchilik hozirgi yosh avlod Lorenzo Fernandezni braziliyalik bastakor huddi shunday ism-familiyaga ega Lorenzo Fernandez bilan adashtirishadi.

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

1.Urugvay terma jamoasining oʻyinlar va urilgan gollar soni boʻyicha rekordchilari

2.https://www.transfermarkt.com/lorenzo-fernandez/profil/spieler/229585

3.https://fbref.com/en/players/a5bde351/Lorenzo-Fernandez

4.https://p2k.utn.ac.id/en3/1-3077-2966/Lorenzo-Fernandez_47601_p2k-utn.html

5.https://www.auf.org.uy/lorenzo-fernandez-2/

6.http://www.padreydecano.com/cms/idolos/lorenzo-fernandez/