Madina (ism)
| ||||||||
Madina — (arabcha: المدينة - ayollar va qizlar ismi, musulmonlar va Yevropa davlatlarida keng tarqalgan qizlar va ayollar ismi. Ismning kelib chiqishida koʻplab tarixiy manbaalar mavjud. Madina rus, nogʻoy, qoʻmiq, abxaz tillarida va ozarbayjon, qozoq, oʻzbek, abaz, boshqird, ingush, kabardin-cherkes, mari, osetin, tatarlarda keng qoʻllanadi. Bu ismning kelib chiqishi turli manbaalarda turlicha koʻrsatilgan[1].
Tarixi
tahrir- Arabcha talqinda. Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgoh - Madinai Munavvara nomidan olingan. U "muqaddas shahar" "oltin shahar" deb tarjima qilinadi[2][3].
- Grekcha kelib chiqishi. Madina yunoncha Madlina nomidan olingan boʻlib, "kuch berish" degan ma'noni anglatadi. Shuningdek, Maddalena (Magdalina) ismining shakldoshi[4].
- Inglizcha kelib chiqishi. Madina — Maden[5] (Madeni, Madenn) erkaklar isming qizlar va ayyollarga ishlatiladigan shakli, Breton tilidan tarjima qilinganda “baxtli, omadli” degan maʼnoni anglatadi.
Oʻxshash ismlar
tahrirMadina ismiga monand ismlar: Madine, Madinat, Madihat, Madiyat[6][7].
Toʻgʻridan toʻgʻri tarjimasi arab tilida yana „axloqi oliy“, odobli, madaniyatli“ degan maʼnoni anglatadi, grekchadan toʻgʻridan toʻgʻri „ilhomlantiruvchi“ deb tajima qilingan, shu bilan birga Madeline nomidan kelib chiqqan deya maʼlumotlar mavjud.
Hayotda va jamiyatda mavqeʼi
tahrirMadina ismli ayollar va qizlar — tabiatiga koʻra viqorli, omadli, shaddod, yetakchili qobiliyatiga ega, muammolarni hal etishda ziyraklik bilan yondashuvchan, oq koʻngil.
Manbalar
tahrir- ↑ Значение имени Мадина.
- ↑ Гафуров А. Имя и история: Об именах арабов, персов, таджиков и тюрков. Словарь. — М.: Наука, 1987. — С. 161.
- ↑ Сводный словарь личных имен народов Северного Кавказа / Отв. ред. проф. Р. Ю. Намитокова. — М.: ФЛИНТА: Наука, 2012. — С. 128, 473.
- ↑ [1], Маддалена.
- ↑ [2], Бретонские имена.
- ↑ Гафуров А. Имя и история: Об именах арабов, персов, таджиков и тюрков. Словарь. — М.: Наука, 1987. — С. 161.
- ↑ Сводный словарь личных имен народов Северного Кавказа / Отв. ред. проф. Р. Ю. Намитокова. — М.: ФЛИНТА: Наука, 2012. — С. 128, 473.
Yana qarang
tahrir- Madina — boshqa maʼnolar