Madina Mumtoz, haqiqiy ismi sharifi Musayeva Madinabonu Bahriddin qizi, (10-oktabr, 1990-yilda tugʻilgan) — oʻzbek qoʻshiqchisi va kino aktrisasi[2]. Xonanda 2010-yilda „Nihol“ davlat mukofoti sovrindori boʻlgan[3].
Madina Mumtoz
|
---|
Umumiy maʼlumot |
---|
Tugʻilgan paytidagi ismi |
Musayeva Madinabonu Bahriddin qizi |
---|
Tavalludi |
10-oktabr 1990-yil (1990-10-10) (32 yosh)
|
---|
Fuqaroligi |
Oʻzbekiston |
---|
Mukofotlari |
Nihol-2010[1] |
---|
Janr |
Pop va milliy |
---|
Amplua |
vokal |
---|
Faoliyat yillari |
2005 — 2019 |
---|
Madina 2010-yilda surʼatga olingan „Janob hech kim“ filmida oʻynagan rolidan keyin Oʻzbekistonda shuhrat qozondi[4]. Undan keyingi yillarda akrisa bir necha kinokomediyalarda rol ijro etdi. Xususan, 2010-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan „Oʻzimdan oʻzimgacha“, 2012-yilda surʼatga olingan „Endi dadam boʻydoq“ filmlari aktrisaga katta shuhrat olib keldi[5].
Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktabrda Toshkentda tugʻilgan[6]. Xonandaning otasi Musayev Bahriddin Joʻrayevich. Madina taniqli aktrisa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Yarashevaning qizi[7]. Oʻzbekiston konservatoriyasida tahsil olgan. Xonanda onasi Raʼno Yarasheva bilan bir necha filmda, jumladan, „Oʻzimdan oʻzimgacha“ (2009), „Ichkuyov“ (2009), „Mening akam boʻydoq!“ (2011), „Bevalar“ (2012) hamda „Endi dadam boʻydoq“ (2012) filmlarida birga rol ijro etgan[8]. Xonanda 2012-yil ishbilarmon Murod Chustiy bilan turmush qurgan. Bugungi kunda ularning uch nafar oʻgʻil farzandlari bor. Xonandaning 2013-yil Muhammad Yusuf, 2015-yil Muhammad Yunus[9] va 2020-yil Yahya ismli farzandlari dunyoga keldi[10].
Film
Yil
|
Film
|
Rol
|
---|
2007
|
Lola
|
Zilola
|
2008
|
Mr Hech kim
|
Tayson
|
2009
|
Achchiq hayot
|
Madina
|
Ichkuyov
|
Madina
|
Oʻzimdan oʻzimgacha
|
Oysha
|
2010
|
Muhabbatnoma
|
Zulfiya
|
Yuzma yuz
|
Gulrux
|
2011
|
Mening akam boʻydoq
|
Zumrad
|
2012
|
Endi dadam boʻydoq
|
Zumrad
|
Qudajonlar
|
?
|
Bevalar
|
Dildora
|
Yil
|
Qoʻshiq
|
---|
2007
|
„Fargʻona Ruboiysi“
|
2010
|
„Balki“ (Diyor Mahkamov bilan)
|
„Qoʻshchinor“
|
„Qora koʻzima“ (Samandar Hamroqulov bilan)
|
2012
|
„Sallamno“
|
2013
|
„Baxtli boʻl“
|
2014
|
„Bolajon“
|
2015
|
„Ey Yor Jonim“
|
„Sevishin aytolmadi“
|
2017
|
„Nedan“ (Bahodir Nizomov bilan)
|