Magnit milining ogʻishi - biror nuqtadan oʻtgan haqiqiy va magnit meridianlari orasida hosil boʻladigan burchak; Yerning geografik va magnit qutblari bir nuqtada yotmasligi tufayli sodir boʻladi. Magnit milining shim. uchi haqiqiy meridianga nisbatan sharqqa ogʻsa, Magnit milining ogʻishi o. musbat (sharqiy), gʻarbga ogʻsa Magnit milining ogʻishi o. manfiy (gʻarbiy) hisoblanadi.

Magnit milining ogʻishio. vaqt bilan bogʻliq oʻzgarib turadi. Oʻzgarish kunlik (15 min. atrofida), yillik (8 min. atrofida) va asriy boʻladi. Bunda ogʻishning toʻla oʻzgarishi 4 asrdan ortiqroq davrda amalga oshib, oʻnlab gradus qiymatni tashkil etadi. Topografik harita varagʻida tasvirlangan hudud uchun Magnit milining ogʻishio.ning oʻrtacha qiymati harita varagining jan. ramkasidan tashkarida yozib keltiriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil