Magnit strukturasi - kristallarda atom (ion) magnit momentlarning tartibli joylashishi. Atomli, domenli Magnit strukturasi mavjud. Atomli Magnit strukturasi kristallardagi atomlar (ionlar) magnit momentlarining oʻzaro yoʻnalishini koʻrsatadi. Bu ham yigʻindi magnit momentining qiymatiga qarab, oʻz navbatida yana ferromagnitli (yigʻindi magnit moment noldan farqli) va anti-ferromagnitli (yigʻindi magnit moment nolga teng) turlarga boʻlinadi (rasmga q.). Bundan tashqari, atom magnit momentining kristalldagi fazoviy taqsimlanish xususiyatlariga qarab, ularni maxsus guruhlarga ajratish mumkin: a) kollinear (magnit momentlari kristall panjaraning barcha tugunlarida kristallning maʼlum bir oʻqi boʻylab yoki unga karama-qarshi yoʻnalgan; b) kucheiz nokolli-near (nokollinearlik kucheiz magnit taʼsiri natijasidir); v) kuchli no-kollinear (bu holda nokollinearlik almashinuvi oʻzaro taʼsirning kattaligi va simmetriklik harakteriga asoslanadi); g) vintsimon kristallning maʼlum oʻqida joylashgan atomlarning magnit momentlari bir-biriga nisbatan burilgan boʻlib, bu moment vektorlarining uchi shu oʻq atrofida vintsimon chiziqni tasvirlaydi.

Domenli M. s oʻz-oʻzidan magnitlanadigan turlicha yoʻnalishdagi domenlarning jism hajmi boʻyicha taqsimlanishi bilan harakterlanadi. Maʼlum temperaturada ferromagnetikda domenlarning shakli, ularning kattaligi va namunaning qajmi boʻyicha taqsimlangan domenlarning yoʻnalishi / jismning shakli va oʻlchamiga, kristall yuzasiga, kristall panjaraning nuqsoniga va ichki kuchlanishlariga, yarim kristall jismlarda esa qoʻshni kristallarning Magnit strukturasiga bogʻliq.

Ferromagnetik magnit anizotro-piyasini oʻzgartiruvchi tashqi taʼsirlar (elastik kuchlanish, magnit maydoni, temperatura oʻzgarishi) natijasida Magnit strukturasi oʻzgaradi va u metastabil (oʻta turgʻun) holatda turib qolishi mumkin. Tashqi taʼsirlardan soʻng Magnit strukturasi asl holiga toʻla-toʻkis qaytmaydi; domenlarning shakli va oʻlchami oʻzgaradi, ferromagnit (jism) qoldiq magnitlanish holatiga oʻtib qoladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil