Magnitik sovitish - 1 K dan past temperaturalar hosil qilish; 0,3 K dan past temperaturalarni olishning amalda qoʻllaniladigan ikki usulidan biri (ikkinchi usul — suyuq geliy 3Ne ni suyuq 4Ne da eritish). Paramagnit moddalarni adiabatik usulda magnitsizlantirib amalga oshiriladi (qarang Adiabata). 1926-yilda P. Debay va amerikalik fizik U. Jiok taklif etgan. 1933-yilda amalga oshirilgan. Magnitik sovitishda nodir yer elementlari (mas, gadoliniy sulfat), xromkaliyli, temir-ammoniyli achchiktoshlar va boshqa paramagnit moddalar ishlatiladi.

Paramagnit modda kuchli maydoniga joylashtirilsa, uning atom spinlari tartibli yoʻnalib magnitlanadi. Agar shu paramagnit modda magnitsizlantirilsa, uning temperaturasi pasayadi. Paramagnit tuz magnitlanganda ajralgan issiklik kameraga tuldirilgan gaz bilan suyuq geliyga oʻtkaziladi. Magnit maydonini yoʻqotishdan oldin kamera 1 dagi gaz kran orqali vakuum nasos bilan soʻrib olinadi, yaʼni paramagnit tuz suyuq geliydan ajratib qoʻyiladi. Keyin tuzning magnitsizlanishi natijasida uning temperaturasi ~10~3 K gacha pasayadi.

Magnitik sovitish kurilmasining sxemasi: №va S — magnit qutblari.

Magnitik sovitishda past temperaturalar (-10 2 K) magnit termometriya usullari bilan oʻlchanadi. Suyuq geliyning oʻta past temperaturalardagi xossalarini (mas, oʻta oquvchanligini), qattiq jismlardagi kvant holatlarini, shuningdek, yadro fizikasining koʻpgina masalalarini oʻrganishda Magnitik sovitishdan foydalaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil