Gʻulom Mahkamovich Mahkamov (1907.17.10—Toshkent—1987) — gigiyenist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967); tibbiyot fanlari doktori (1958), professor (1963). Toshkent tibbiyot institutini tugatgan (1932). Shu institut gigiyena kafedrasida assistent (193641), dotsent (1941-46), 1946-yildan ovkatlanish gigiyenasi ka-fedrasi mudiri. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi sanitariya boʻlimining boshligʻi (1941—48), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi epidemiyaga qarshi sanitariya boshqarmasining boshligʻi (1951—56), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti direktori (1958—67). Ilmiy ishlari, asosan, ovqatlanish masalalari, ovqatdan zaharlanish va uning oldini olishga oid.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil