Mahmud al-Hasiriy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
(Abulmahomid, Jamoluddin) Mahmud ibn Ahmad ibn Abdussayyid ibn Usmon ibn Nasr ibn Abdulmalik al-Hasiriy (hijriy 546-yil jumodulavval oyi (milodiy 1151-yil)da Buxoroda tugʻilib, 636-yil safar oyining 8-sanasi (milodiy 1239-yil)da Damashqda vafot etgan va sufiylarning mozoriga dafn etilgan) — Buxoro hududiga qarashli Hasir qishlogʻidan, hanafiy faqih va muhaddis boʻlgan. Koʻp hadis tinglagan. Soʻngra Damashqqa borib, u yerdagi „Nuriya“ madrasasida tahsil olgan.
Mahmud al-Hasiriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1151-yil (hijriy 546-yil) |
Vafoti |
milodiy 1239-yil (hijriy 636-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hanafiy faqih va muhaddis |
Asarlari
tahrir- „Sharhu-l-jomiʼi-l-kabiyr“ (Muhammad Shayboniy qalamiga mansub hanafiy fiqhning sohalari haqidagi „al-Jomiʼ al-kabiyr“ „Katta toʻplam“ga sharh", u sakkiz jilddan iborat);
- „al-Jomiʼ al-kabiyr“ga bundan boshqa ham yana ikkita sharh bitgan. Mazkur sharhlarning biri — „Muxtasar“ („Muxtasar“), ikkinchisi esa — „Mutavval“ („Uzundan-uzoq“ boʻlib, muallif uni „at-Tahrir“ deb nomlagan);
- „Xayru-l-matlub fi ilmi-l-margʻub“ („Koʻngil tusagan ilm haqida talab etilganlarning yaxshisi“) deb nom bergan;
- „Sharhu-s-siyari-l-kabiyr“(Shayboniyning „as-Siyar al-kabiyr“ asariga sharh")[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 108-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |