Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiy

Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiy(arabcha:محمود بن عبد العزيز أوزغاندي — Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiy — Toʻliq ismi:Shamsulaimma Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiy) — faqih.

Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Tarixi tahrir

Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiy zamonasining fozil kishilaridan boʻlib, alloma xususida manbalarda maʼlumotlar juda kam. Asosan, taniqli alloma, faqih Faxriddin Qozixonning bobosi boʻlganliklari xabar qilinadi, xolos. Biroq, farzandlari va nabiralari yirik faqih allomalar boʻlib yetishganligi va bu zotning ismlari oʻrta asr tabaqot janridagi asarda keltirilishi Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiyning oʻzi ham ilm sohasida yuksak martabaga ega boʻlgan olimlardan boʻlgan deb xulosa qilishga asos beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 866.