Karbofos (Cl0Hl9O6PS2), malation, fosfotion — oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda qoʻllaniladigan insektoakaritsid. Oʻziga xos badbuy hidli, rangsiz, moysimon suyuqlik. 50%li emulgirlanuvchi konsentrati texnika va sabzavot ekinlarida (2 martagacha) soʻruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga (oʻrgimchakkana, shira va b.) hamda chorvachilikda ekto- va endoparazitlarga qarshi qoʻllaniladi. Soʻnggi ishlov hosilni yigʻib olishdan kamida 20 kun ilgari oʻtkaziladi. Sarf meʼyori: gʻalla ekinlarida 0,25—0,6, gʻoʻzada 0,3— 0,6, tokzorlarda 0,5—1,3, sabzavot ekinlarida 0,3—0,6 kg/ga; ish suyuqligi 200—400 l/ra Hayvonlar va odamlar uchun oʻrtacha zaharli. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil