Malagasi tili

madagaskardagi so'zlashuv tili
(Malgash tilidan yoʻnaltirildi)

Malagasi tili, malgash tili (malagasicha: malagasy / مـَلـَغـَسـِ) — avstronez tillari oilasidagi indonez tillari tarmogʻiga mansub, Madagaskar o.da, unga yaqin boʻlgan Komor va Seyshel o.larida tarqalgan til. Fransuz tili bilan birga Madagasskar Respublikasining rasmiy tili hisoblanadi; unda 10 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi.

Malagasi tili
Milliy nomi malagasy, مـَلـَغـَسـِ
Mamlakatlar Madagaskar bayrogʻi Madagaskar , Komoros bayrogʻi Komor orollari ,  Mayotte
Rasmiylik holati Madagaskar bayrogʻi Madagaskar
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 18 000 000
Turkumlanishi
Turkum Avstronez tillari
Alifbosi Lotin
Til kodlari
ISO 639-1 mg
ISO 639-2 mlg[1]
ISO 639-3 mlg[1]

Malagasi tili gʻarbiy va sharqiy guruh lahjalarga boʻlinadi. Sharqiy guruhdagi merina lahjasi adabiy tilga asos boʻlgan. Fonetik tizimdagi 5 ta (i, e, a, o, i) unli, 20 ta undosh va ao, ai, oi, ei, diftonglari mavjud. Feʼl nisbatlari tizimi ancha rivojlangan. Zamon kategoriyasi morfologik usulda — affikslar yordamida ifodalanadi. Otlarda jins, son, kelishik kategoriyalari mavjud emas. II shaxs olmoshlari soʻzlovchi va tinglovchining jinsi, ijtimoiy mavqeiga qarab 7 tagacha boʻladi. Sintaktik jihatdan kesim, odatda, ran boshida, ega ran oxirida, aniklovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Lugʻat tarkibida sanskrit, arab, suaxili tillaridan oʻzlashmalar anchagina. Rivojlanish jarayonida Malagasi tiliga arab tili, keyinchalik fransuz tili sezilarli taʼsir koʻrsatgan. 19-asr boshigacha arab yozuvi, 19-asr boshlaridan esa lotin yozuvi qoʻllaniladi. MALAGASILAR (malgashlar) — xalq. Madagaskarning asosiy aholisi. 12,79 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ozgina qismi Reyunonda, Seyshel va Komor o.larida yashaydi. Malagasi tilida soʻzlashadi. Koʻpchiligi anʼanaviy diniy eʼtiqodlarga sigʻinishadi. Xristian va sunniy musulmonlar ham bor.[2]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil