Nikolay Petrovich Malinkin (1895.9.5, Tver gubernyasi, Rossiya — 1968.1.7, Toshkent) — agronom olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1959), professor (1961). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1925). SoyuzNIXIning Oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik markaziy stansiyasida agronom (1925—26), katta ilmiy xodim (1926—52; 1941—45 yillarda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari). Toshkent Davlat Universitetida dotsent, kafedra mudiri (1955—66). Ilmiy ishlari paxtachilikni kimyolashtirish, oʻgʻitlarning gʻoʻza va bedaga taʼsiri masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil