Mambetov Kamol (1940-yil 14-may, Kegeyli tumani — 2001-yil 10-sentyabr, Nukus) — Qoraqalpoq xalq yozuvchisi (1995), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1991)[1], filologiya fanlari doktori (1985), professor (1990).

Kamol Mambetov
Tavalludi 194-yil 14-may
Kegeyli tumani
Vafoti 2001-yil 10-sentyabr
Nukus
Taxallusi Kamol mambetov (qoraqalpoqcha: Kamal Mámbetov)
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari qoraqalpoq
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent Oʻrta Osiyo davlat universiteti, ToshDUning filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimi
Faoliyat yillari 1963—2001-yillari
Mukofotlari Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1991), Qoraqalpoq xalq yozuvchisi (1995)

Hayoti tahrir

1940-yil 14-mayda Kegeyli tumanidagi Mateke Jumanazarov fermer xo‘jaligida tug‘ilgan. 1958-yilda maktabni tugatgach, Toshkent Oʻrta Osiyo davlat universitetiga oʻqishga kiradi. ToshDUning filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimini tugatgan (1963). 1964-yilda aspiranturaga o‘qishga kirib, professor N.Mallayev rahbarligida „XIX asr qoraqalpoq adabiyotida Sharq klassiklari an’analari“ mavzusida dissertatsiya yozib, 1968-yil 20-noyabrda dissertatsiya ishini himoya qilgan va filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Qoraqalpoq davlat pedagogika institutida katta o‘qituvchi, dotsent, O‘zbekiston Respublikasi badiiy filmlar studiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi direktori, „Erkin Qaraqalpaqstan“ gazetasida muharrir (1963–1964), universitet qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi mudiri (1976-1981), filologiya fakulteti dekani (1984-1986), universitet rektori (1986-1988), kafedra mudiri (1988-yildan), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi ijtimoiy rivojlanish, fan va madaniyat qoʻmitasi raisi (1995-1996), 1996-yil noyabr oyidan umrining oxirigacha filologiya fakulteti zamonaviy qoraqalpoq adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelgan.

1984-yilda „Qoraqalpoq adabiyotining kelib chiqishi va uning shakllanish yo‘llari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].

Ijodi tahrir

Kamal Mambetovning „Turnalar“ (1974) hikoyalar toʻplami, „Men uni sevaman“ (1982) qissasi, „Vijdon“ (1991), „Turkiston“ (1994) romanlarida qoraqalpoq xalqi turmush tarzi, muammolari, quvonchu tashvishlari aks etgan. Uning ilmiy faoliyati qoraqalpoq adabiyoti tarixi, shakllanish bosqichlari oʻzaro taʼsir va adabiy aloqalari masalalariga, shuningdek, adabiyot tarixi muammolariga bagʻishlangan. Darslik va qoʻllanmalar yozgan:

„Qadimgi qoraqalpoq adabiyoti“, 1991;

„Adabiyot nazariyasi“, 1995;

Lotin grafikasi asosida qoraqalpoq adabiyoti, 2000.

Adabiyotlar tahrir

  • XX asr qoraqalpoq adabiyotida sharq klassik anʼanalari, T., 1968; Navoiy va qoraqalpoq adabiyoti, T., 1991[3].

Manbalar tahrir