Manfiy temperatura
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Manfiy temperatura - oʻzgarmas umumlashgan koordinata f. da ichkin energiya Ye oʻzgarishiga qarab entropiya S oʻzgarishi manfiy ("^ZT/ < 0 boʻlgan tizim temperaturasi. Manfiy temperatura tushunchasi termodinamikaning asosiy tenglamasi, statistik fizika va kvant mexanika qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Manfiy temperaturali tizimni 1951-yilda amerikalik fiziklar Ye. Parsell va R. Paund kuzatganlar. Agar kristall kuchli magnit maydonga joylashtirilsa, yadro spinlari qisman maydon yoʻnalishi boʻyicha yoʻnaltiriladi. Bunda temperatura ortishi bilan yoʻnaltirilish kucheizlanadi va yetarli darajada yuqori temperatura (T—>+°°) da kuchli maydon bulsada, yoʻnaltirilish yoʻqoladi va tizim chegaralangan katta energiya zaxirasiga ega boʻladi. Chegaralangan energiya qiymatidan kattaroq energiyani tizimga kiritish davom ettirilsa, hamma yadro spinlar yoʻnalishi maydon yoʻnalishiga qarama-qarshi boʻlgan holat yuzaga keladi. Bu holat Manfiy temperaturali boʻladi. Manfiy temperaturali tizim sunʼiy holda olinadi. Mutlaq nol temperaturaga erishish mumkin emasligiga asoslanib, temperatura shkalasini quyidagi sxema boʻyicha ifodalash mumkin: +0K, +1, +2, ..., ->, - ~, ..., -2, -1K. Bu yerda mil traning ortish yoʻnalishini koʻrsatadi. Jism T=+0K da oʻta sovuq, T=—0K da oʻta issiq boʻladi. Manfiy temperatura tushunchasi radiofizikada kup uchraydi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |