Mansur Abdulin (1919—1996) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, tatar millatiga mansub komsomolchi. Sovet Sotsialistik Respublikasi Ittifoqi armiyasiga 1938-yilda Fargʻona viloyati Lenin tumani voyenkomatidan harbiy xizmatga chaqirtirilgan. 167-artelleriya polki gvardiyasi, 6-batalyon qurol-aslahalar komandiri, gvardiya serjanti. Komandirlik vaqtida katta serjant Abdulin Qizil armiyaning mudofasi yorib oʻtilmasligini taʼminlagan hamda dushmanlarning 8-harbiy tankini tor-mor qilgan[1].

Mansur Abdullin
Tavalludi 1919-yil 15-sentyabr
Ufa viloyati, Boshqirdiston
Vafoti 1996-yil 8-iyun
Ufa viloyati, Boshqirdiston
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari Sovet Ittifoqi Qahramoni
Qizil Yulduz ordeni

Biografiyasi

tahrir

Mansur Idiatovich Abdullin 1919-yil 15-sentyabrda Ufa viloyati Belebeevskiy tumani Qirgʻiz-Miyaki qishlogʻida (boshqa maʼlumotlarga koʻra, Sterlitamak tumani Sterlibashevo qishlogʻida, hozirgi Sterlibashevskiy tumani) tatar dehqon oilasida tavallud topgan[2][3].

1927-yilda Qirgʻiz-Miyakdagi oʻrta maktabda taʼlim ola boshlaydi, keyinchalik mahalliy kolxozda mehnat qiladi. 1937-yilda Oʻzbekiston SSRga koʻchib oʻtib, Leninsk shahridagi (hozirgi Oʻzbekistonning Andijon viloyati Asaka shahri) „Arkabesh“ ishchi artelida savodsizlikni yoʻq qilish boʻyicha oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlaydi[4].

1938-yilda (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 1939-yilda) Fargʻona viloyati Leninskiy tuman harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirtiriladi[5][6]. 1941-yildan Ikkinchi jahon urushida ishtirok eta boshlaydi[6]. 194-yil kuzida jangda ogʻir yaralanib, davolanish uchun gospitalga yuboriladi. 1942-yil iyul oyida sogʻligini tiklaganidan soʻng yana qayta xizmatga qaytadi[7]. Gʻarbiy front, Markaziy front, 1 va 2-Belorussiya frontlaridagi janglarda ishtiok etgan. Smolensk, Stalingrad va Kursk janglarida ham ishtirok etgan[8][9].

1943-yil 10-iyulida Molotichi qishlogʻi yaqinida (Kursk viloyati Fatejskiy tumani) 167-gvardiya yengil artilleriya polkining qurolli kuchlari komandiri (3-gvardiya yengil artilleriya brigadasi, 1-gvardiya artilleriya otishma diviziyasi, 70-sonli gvardiya serjanti) Abdulin dushman hujumini qaytarishda koʻrsatgan oʻziga xos jasorati bilan boshqalardan ajralib turadi. 60 ta tank va nemis piyoda askarlari Abdulin turgan oʻq otish hududiga uch marta hujum uyushtiradi, hududga 150 ta havo bombasi tashlanadi, bir necha yuz snaryad va minalar otiladi. Qattiq jang paytida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqqa tutilgan Abdulin yuzaga kelgan ogʻir vaziyatga qaramay, dushmanning 8 ta tankini, shu jumladan, 3 ta „Tigr“ tankini va dushman piyodalari batalyonini yoʻq qilishga erishadi, biroq oʻzi ham jangda snaryad parchalaridan og‘ir yaralanadi[10].

Mansur Idiatovich Abdulin 1996-yil 8-iyunda Ufa shahrida vafot etadi.

Mukofotlari

tahrir

Mansur Abdulin Mansur Idiyatovich jangda koʻrsatgan jasorati va fidokorligi uchun 1943-yilning avgustida Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1943-yil 5—9-iyul oylaridagi janglarda Teploe — Samodurovka qishloqlari hududida Abdulin 1943-yil 10-iyuldagi buyrugʻi bilan Jagala 3-gvardiya brigadasi komandiri tomonidan Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlanadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Xotira.uz“. 2021-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  2. Арсланов, Каримова 2005.
  3. „Mansur Abdulin“ (ru). Герои страны.
  4. „Абдуллин Мансур Идиятович“. Миякинский район Республики Башкортостан. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-yanvar.
  5. Березняк, Тихомолов и Боксер 1984.
  6. 6,0 6,1 Andoza:Подвиг Народа
  7. „Mansur Abdulin“ (ru). Герои страны.
  8. „Абдуллин Мансур Идиятович“. Миякинский район Республики Башкортостан. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-yanvar.
  9. „Абдуллин Мансур Идиатович“. Официальный сайт Администрация городского округа город Уфа Республики Башкортостан. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  10. „Наградной лист за бои 10.7.43 г., подписан 12.7. 43 г., гв. подп. Бутко, командир 167 гв. лап“. 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-yanvar.