Mao Dun
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mao dun (taxallusi; asl ismsharfi Shen Yanbin) (1896, Chjetszyan viloyati — 1981.27.3, Pekin) — xitoy yozuvchisi. Ijtimoiy-psixologik nasr ustasi, zamonaviy xitoy adabiyotining yirik namoyandalaridan. Ijodi 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. "Tutilish" trilogiyasi Xitoydagi 1924—27 yillardagi inqilobiy voqealar haqida. M. D. 1928—30 yillarda Yaponiyada muxrjirlikda boʻlgan. U yerda "Naʼmatak", "Oʻtgan yilgi oʻt" (1929) hikoyalar toʻplamini va Xitoy hayoti ijtimoiy taxlil qilingan "Kamalak" romanini (tugallanmagan) yozgan. Chet eldan qaytgach, Xitoy soʻl yozuvchilari ligasining ilgʻor aʼzolaridan biri boʻlgan. "Qishloq trilogiyasi" (1932—34)da iqtisodiy inqiroz natijasida yuz bergan dehqonlarning qurolli qoʻzgʻoloni tasvirlangan. "Tong oldidan" romani (1933) yangi Xitoy adabiyotining yutuk,laridandir. Unda 30-yillar boshidagi Xitoy shahar va qishloklari hayotining keng manzarasi berilgan.
Yaponiya bilan boʻlgan urush yillarida (1937—45) M.D. "Birinchi bosqich haqida qissa" (1939), "Inqiroz" (1941), "Yengilishdan soʻng" (1942) asarlarini yaratdi. Urush tugagach, "Matonat" romani (1948, tugallanmagan) ustida ishladi. Adabiyotshunoslik va adabiy tanqidga oid asarlari bor ("Tarix va tarixiy dramalar haqida", 1962 va boshqalar).
Ac: Hikoyalar, T., 1955.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |