Maqat — Atirau viloyati Maqat tumanining markazi, qishloq (1934-yildan buyon). Atirau shahrida shimoli-sharqqa tomon 120 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 14 756 ming kishi (2012). Poydevori 1915-yili Embi-Kaspiy rus-ingliz korxonasining shu paytda dastlab neft ishlashiga (1913) bogʻliq qurildi.

Maqat
qoz. Мақат
qishloq
47°38′0″N 53°19′0″E / 47.63333°N 53.31667°E / 47.63333; 53.31667 G OKoordinatalari: 47°38′0″N 53°19′0″E / 47.63333°N 53.31667°E / 47.63333; 53.31667 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Atirau viloyati
Tuman Maqat tumani
Hukumat
Markazi balandligi −21 m
Iqlim turi keskin kontinental
Aholisi
 (2012)
14 756[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71239[2]
Pochta indeks(lar)i 060600[3]
Avtomobil kodi E, 06
Maqat qoz. Мақат xaritada
Maqat qoz. Мақат
Maqat
qoz. Мақат

Sanoati tahrir

Maqat viloyatdagi neft qazib olish sanoatining asosiy markazi va yirik temir yoʻl yoʻnalishi boʻlib hisoblanadi. Qishloqda Maqat neft-gaz boshqarmasi, Maqat lokomotiv deposi, Maqat temir yoʻl stansiyasi, avtomobil va temir yoʻl vokzallari, Dossor avtomabil taʼmirlash zavodi, savdo nuqtalari, tikish fabrikasi faoliyat yuritmoqda.

Transport tahrir

Maqat orqali Atirau — Orsk va Qoʻngʻirot — Beynev — Maqat — Inderbor temir yoʻllari kesishadi. Respublika ahamiyatiga ega Atirau — Maqat — Qandiagʻash — Orsk avtomobil yoʻli va 1968-yili barpo etilgan Oʻrta Osiyo — Markaziy gaz quvuri oʻtadi. [4]

Manbalar tahrir