Maqsuda Aʼzamovna Hojinova (1912.8.7 - Toshkent - 1981.4.11) -mexanika sohasidagi olima, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), texnika fanlari doktori (1958), professor (1959). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Toshkent iqtisod-sanoat texnikumini tugatgan (1929), G.V.Plexanov nomidagi Xalq xoʻjaligi institutini (Moskva) tugatgan (1936). Oʻzbekiston savdo vazirligida ishlagan (1936—37). Toshkent toʻqimachilik institutida oʻqituvchi (1944—52), shu institut rektori (1957—73). Ayni vaqtda toʻqimachilik materialshunosligi kafedrasi mudiri (1957-yildan). Ilmiy ishlari paxta, kanop (zigʻir) tolalarining mexanik xossalarini oʻrganishga oid. Oʻzbekistonda toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. H. kalta kanop tolasidan toʻqimachilik ipi olish texnologiyasini ishlab chiqdi va sanoatga tat-artisti (1U8"). Andijon gʻijjakchilik maktabining yirik vakili. Ilk musiqa saboqlarini togʻasi Ergash Ab-durahmonovdan, milliy mumtoz musiqa namunalari va sozandalik sanʼatini Yu.Ra-jabiy, K.Jabbo-rov, S.Kalonov lardan oʻrgaigan. Yangiyoʻl teatrit sozanda (1942—45), Andijonda cholgʻu ansambli (1946— 49), Andijon teatri (1949—90) da sozanda va musiqa rahbari, bosh dirijer (1990-2003). 1995-yildan oʻgʻli Ravshanbek H. bilan "Meros" maqom an-sambli rahbari. 1998-yildan Andijon universitetida pedagog, faxriy professor (2001). Cholgʻu kuylar, ashulalar ("Jafo qil-ma", Sakkokiy gʻazali; "Xirom etgil", Dilafkor; "Lola sayli", E.Vo-hidov; "Nozima", "Gul uzatsam", P.Moʻmin; "Koʻz qorayguncha", Hofiz va boshqalar), spektakllar (M.Boboyevning "Vatan madhi", A.Qodiriyning "Me\-robdan chayon" va boshqalar)ga musiqa bastalagan. Nozik taʼb sozanda H. repertua-ridan "Miskin", "Ajam", "Nasru-loyi 1-4", "Nasri Segoh 1—3", "Sar-parda", "Rok", "Qurbon qaytarma" kabi cholgʻu kuy (turkum)lar oʻrin olgan. H. oʻziga xos, jozibali ovozida "Ushshoq", "Girya 1—2", "Azim daryo", "Bayot", "Dugoh" kabi mumtoz ashula va maqom yoʻllarini talqin etgan. H. A.Ismoilov, \.Oxunova, K.Rahimov, N.Hamrokulov, A.Dadayev, Oʻ.Nuraliyevlarga ustozlik qilgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil