Marie Louise Coleiro Preca

Maltalik siyosatchi

Mari Luiz Koleyro Preka (inglizcha: Marie Louise Coleiro Preca, 7-dekabr 1958) – maltalik siyosatchi, 2014-yildan 2019-yilgacha Malta prezidenti lavozimida ishlagan. 2019-yildan beri „Eurochild“ prezidenti[1][2][3][4].

Marie Louise Coleiro Preca
talaffuzi: Mari Luiz Koleyro Preka
 9-Malta Prezidenti
Mansab davri
2014-yil 4-apreldan – 2019-yil 4-aprelgacha
Hukumat boshligʻi Joseph Muscat
Oʻtmishdoshi George Abela
Vorisi George Vella
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-dekabr 1958-yil (1958-12-07) (65 yosh)
Kormi, Malta
Mukofotlari 1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni

Biografiya tahrir

Qormi shahrida tugʻilgan Koleyro Preka Malta universitetida tahsil olgan[5].

2008-yildan 2013-yilgacha Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi Malta delegatsiyasi tarkibida ishlagan

1998-yildan 2014-yilgacha Malta Vakillar palatasi aʼzosi (deputat) boʻlgan[6] 2013-yildan 2014-yilgacha Bosh vazir Jozef Maskat davrida Oila va ijtimoiy birdamlik vaziri lavozimida ishlagan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoat Rivojlanish Tashkiloti (UNIDO) yaxshi niyat elchisi, UNIDOning Afrika uchun uchinchi sanoat rivojlanish oʻn yilligi chempioni (IDDAIII) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) maxsus elchisi.

Ayollar Siyosiy Liderlar Global Forumining Maslahat Kengashi aʼzosi va #Girl2Leader kampaniyasini boshqaradi. Blockchain xayriya fondi (BCF) Katta maslahat kengashining raisi.

Manbalar tahrir

  1. Новым президентом Мальты назначена Мари-Луиз Колейро Прека., 2014-04-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-04-09
  2. Мария Луиз Колейро Прека станет новым президентом Мальты., 2014-04-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-04-09
  3. Coleiro Preca to be named as President within days.
  4. Ukaz Prezidenta Ukraїni № 130/2017 vіd 15 travnya 2017 roku „Pro nagorodjennya ordenom knyazya Yaroslava Mudrogo“
  5. „Office of the President“. Pfws.org.mt. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
  6. „PL motion calls for setting up of permanent committee for family affairs“. Malta Independent (2011-yil 26-mart). 2012-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-aprel.