Mario Alberto Kempes (ispancha: Mario Alberto Kempes)-argentinalik futbolchi.1954-yil 15-iyulda Bel-Vilye shahrida tugʻilgan.1978-yilgi jahon chempioni.

Klublardagi faoliyati

tahrir

Kempesning klubdagi faoliyati Kordovaning „Instituto“ klubidan boshlangan.Bir yil oʻtib u „Rosario“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda 5 mavsum oʻtkazdi.Jamoada 107 oʻyinda 86 gol urdi.1976-yilda u Ispaniyaning „Valensiya“ klubiga oʻtdi. Kempes klubdagi birinchi mavsumini ispanlarning qattiq himoyasiga qarshi 24 gol bilan toʻpurar sifatida yakunladi. Keyingi mavsumda u 28 ta gol urdi.

1979-yilgi Ispaniya kubogida gʻalaba qozonganidan soʻng, Kempes 1980-yilgi Yevropa kubogi egalari kubogi finalida „Arsenal“ ga qarshi oʻyinda hal qiluvchi penaltini aniq amalga oshirdi.1981-yil mart oyida u „River Pleyt“ klubi bilan 1 000 000 funt sterlinglik shartnoma imzoladi.

Bir yil oʻtgach u Ispaniyaga qaytib keldi va „Valensiya“da ikki yil, keyin „Erkules“ uchun yana ikki yil oʻynadi.Avstriyada esa sportchilik faoliyatining oxirigacha oʻynadi.Klublardagi faoliyati davomida 551 ta oʻyinda 304 ta gol urgan.

Terma jamoada

tahrir

Xalqaro debyut 1973-yilda Boliviyaga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi.Bir yil oʻtib Kempes 1974-yilgi jahon chempionatiga birgan 22 nafar futbolchi roʻyxatiga kirdi.Lekin u ham, terma jamoa ham oʻzini toʻliq koʻrsata olmadi.Kempes tezda ispanlarning „Valensiya“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

U Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Sezar Luis Menotti tomonidan 1978-yilda oʻz maydonida boʻlib oʻtgan jahon chempionati uchun tarkibga kiritilgan yagona legioner edi.Bu tanlov hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi.Kempes oltita gol bilan toʻpurar boʻldi.Shu jumladan Gollandiyaga qarshi finalda ikkita gol urdi.Urgan gollarining biri gʻalaba toʻpi boʻlib finalning qoʻshimcha daqiqalarida urildi.

1982-yilgi uchinchi jahon chempionatida u bitta gol ham ura olmadi.Braziliyaga qarshi oʻyinda almashtirilganidan soʻng, uning jahon chempionatidagi faoliyati 18 ta oʻyin bilan yakunlandi.

Kempes terma jamoa safida jami 43ta oʻyin oʻtkazib,20ta gol urgan.

Yutuqlari

tahrir

Jamoaviy

tahrir

Shaxsiy

tahrir

Iftixor

tahrir

Kempes hayotligidayoq 2010-yil oktyabr oyida Argentinaning Kordova shahridagi stadion uning sharafiga oʻzgartirildi va „Mario Alberto Kempes“ stadioni deb nomlandi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Lucas Cruzado. „Kempes, ese crack que se merecía un estadio“ (es). Clarín (2010-yil 21-dekabr). 2011-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.