Mark Vayl
Mark Yakovlevich Vayl (ruscha: Марк Яковлевич Вайль; 25-yanvar, 1952 — 7-sentabr, 2007) shoʻro va Oʻzbekiston rejissyori, Ilhom teatri rahbari boʻlgan.
Mark Yakovlevich Vayl | |
---|---|
![]() Teatr rejissyori | |
Asl ismi | Марк Яковлевич Вайль |
Tugʻilishi |
25-yanvar 1952-yil |
Vafoti |
7-sentabr 2007-yil (55 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Toshkent davlat sanʼat institutining teatrshunoslik (1974) va rejissyorlik (1983) boʻlimini tugatgan. "Ilhom" tajriba teatr studiyasining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1976 yildan). Mazkur teatr qoshida 1995 yil dramatik sanʼat maktabini ochgan. Vayl sahnalashtirgan spektakllari gʻoyaviy-badiiy yaxlit va aniqligi, oʻtkir ijtimoiyligi, sahna ifoda vositalarining serqirra va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Spektakllari: "Revizor", "Oppoq, oppoq qora lay-lak", "Alvido hayot" (Bolgariya teatrida), "Meshchanlar toʻyi" (Yugoslaviya teatrida), "Moler", "Vavilon mehmonxonasi" (AQSH teatrlarida) va boshqa.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |