Markaziy Buxoro kollektoriBuxoro viloyatida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Zarafshon daryosi (Qorakoʻldaryo)ning Duob gidrouzelidan Mohankoʻl kollektorigacha boʻlgan oʻzanini chuqurlashtirib, kengaytirib, 1971-yilda qurib bitkazilgan. Uzunligi 51 km. Kollektorga Buxoro, Jondor, Vobkent va Romitan tumanlari hududidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida yigʻiladigan suvlar tashlanadi. Kollektorning umumiy suv yigʻish maydoni 64,6 ming ga. Suv oʻtkazish imkoniyati 40 m³/s. M.Markaziy Buxoro kollektori Mohankoʻl kollektoriga tugashtirilgan va suvi Mohankoʻlga quyiladi.[1]

Markaziy Buxoro kollektori Jondor yaqinda

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil