Mixail Nikitovich Markov (1910.17.10, Toshkent — 1985.14.8) — paxta terish mashinalari konstruktori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1964). "Tashselmash" zavodida katta texnik-konstruktor (1939—41), katta muhandis-konstruktor, katta muhandiskonstruktor guruhi rahbari (1941—46). Paxtachilik mashinalari boʻyicha Davlat maxsus konstruktorlik byurosida turli lavozimlarda ishlagan. (1946—85). M. rahbarligida SXM—48 markali dastlabki paxta terish mashinasi yaratildi (1949). M. 1964-yildan boshlab ishlab chiqarilgan ikki qatorli XT—1,2 markali, terish apparatlari old qismiga joylashtirilgan paxta terish mashinasining osma qurilmasi sistemasini ishlab chiqishda qatnashgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil