Marksheyderiya (nem. mark - chegara va scheiden — boʻlmoq, ajratmoq) — konchilik fani va texnikasining bir tarmogʻi; tabiiy sharoitdagi obʼyektda aslidan oʻlchashlar va Yer kaʼridagi foydali qazilma uyumining shakli va oʻlchamlari, qazilmada foydali va zararli komponentlarning joyla-shuvi, oʻzida saqlovchi jinslar xususiyati, lahimlarning fazoviy joylashishi, kon ishlari natijasida sodir boʻladigan kon bosimi va yer yuzasi jinslarining deformatsiyasini oʻrganadi. Ish jarayoni marksheyderlik priborlari yordamida olib boriladi. M. maʼlumotlari geometrik proyeksi-yalar usulida olingan konchilikka oid grafik hujjatlar, chizmalarda sintez qilinadi.

M. kompleks fan boʻlib, mat., fizika, texnika, astronomiya, geodeziya, geol., konchilik ishi va boshqa fanlar bilan chambarchas bogʻliq. Marksheyderlik xizmati foydali qazilmani konlardan qazib olishning har bir bosqichida (qidiruv, loyihalashtirish, shaxtalarni qurish, qazib olish, kon korxonalarini tugatish va boshqalar) qatnashadi. M. kuyidagi 2 funksiyani bajaradi: taʼ minlash funksiyasi (qidiruv va boshqa konchilik inshootlarini loyihadan natura xoliga oʻtkazish, lahimlarga yoʻnalish berish, konlarning plan hamda kesma koʻrinishini fazoviy geometrik oʻlchash usullari bilan haritaga tushirish va ularni marksheyderlik hujjatlarida aks ettirish) va nazorat qilish funksiyasi (qidiruv la-himlarining oʻtishni oʻz vaqtida kuzatish, qurilishmontaj ishlarini, foydali qazilmalar va qoplama jinslarni qazib olishda, talofat va sifatsizlanishida tezkor hisob nazorati, zaxiralar oʻzgarishini hisobi, atrof muhitni saqlashda konchilik ishlarini toʻgʻri olib borishni nazorat qilish, kon bosimi va yer yuzasining siljishi (deformatsiyasi)ni kuzatish va boshqa turli ishlarning nazorati). 1990-yillardan M. ishlarida oʻta aniq pribor — yorugʻlik bilan uzoqni oʻlchovchi, yoʻnalishli lazerli koʻrsatkichlar, gigroskopik va kodli teodolitlar va ta-xeometrlar, vizirli nivelirlar, avtomatprofilograflar va boshqa elektron-optik asboblar qoʻllanilmoqda. Oʻzbekistonda M.ga oid amaliy ishlarni konchilik korxonasi qoshidagi marksheyderlik xizmati bajaradi.institutlar esa ToshTU va konchilik ilmiy tadqiqot institut larida olib boriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil