MARKUZE (Marcuse) Gerbert (1898. 19.7, Berlin — 1979.29.7, Shtarnberg) — nemis-amerika faylasufi va sotsiolog . 1934-yildan AQShda. Fan va texnika rivojlangan jamiyatda inqilobiy oʻzgarishlar qilish tashabbusi "qoloqlar" (lyumpenlar, ishsizlar) va radikal ziyolilar hamda talabalar tomoniga oʻtadi, deb uqtirgan. Kurashning oshkora shakllarini "parlament oʻyini" sifatida baholab, ulardan voz kechishni talab qilgan. M. gʻoyalari Gʻarbda soʻl ekstremistik kuchlar dunyoqarashiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Asosiy asarlari: "Eros va sivilizatsiya" (1955), "Loqayd inson" (1964), "Psixologik taxlil va siyosat" (6nashri, 1980).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil