Bosh menuni ochish

MarogʻaEronning shim.gʻarbida, Sharqiy Ozarbayjon ostonidagi qad. shahar. Tabrizdan 80 km jan.

da joylashgan. Qurilgan vaqti nomaʼlum. Aholisi 132 ming kishi (1997). M.da dehqonchilik, bogʻdorchilik, hunarmandchilik, yogʻochsozlik, uning yaqinida esa konchilik rivojlangan. Quruq meva (magiz) eksport qiladi. M. saxtiyon teri va gilamlari bilan mashhur boʻlgan. Shahar yaqinidagi vodiyda moʻgʻul xonlari qishni oʻtkazishgan. Dastlabki hulokuiylarntg qarorgohi boʻlgan vaqtda ravnaq topgan. 1225 yilda Jaloliddin Manguberdi M.ni egallab, shu yerdan Ozarbayjon bilan chegaradosh davlatlarning sultonlariga maktub yoʻllab, ular bilan doʻstona munosabatda boʻlish niyatida ekanligini bildirgan, Shaharning shim. tepaligida 1259 yil,moʻgʻul xoni Huloku (1217—65) hukmronligi davrida taniqli astronom N. Tusiy rahbarligida Marogʻa rasadxonasi qurilgan, rasadxonada kutubxona ham boʻlgan, Tusiy "Ziji Elxoniy"ni shu yerda yozgan. Moʻgʻullar Bagʻdodni bosib olgan vaqtda (1258) oʻlja olingan kitoblarning koʻp qismi shu kutubxonada saqlangan. Rasadxonada fors astronomlari bilan birga xitoy astronomlari ham ishlagan. 1339 yilda rasadxona harobaga aylangan. Huloku maqbarasi 19-asr oxirida ham ziyoratgoh boʻlgan. Rasadxona qoldiklari (13-asr), minorali maqbaralar (nomsiz, 1168; Qizil gumbaz, 1148; Koʻk gumbaz, 1197, Gumbazi Sharafiya, 1328 va boshqalar) saqlangan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil