Martin Gaston Demichelis (ispancha: Martín Gastón Demichelis; 1980-yil 20-dekabr, Justiniano Posse, Argentina) — argentinalik futbolchi, „Bavariya“, „Malaga“, „Manchester City“ klublari va Argentina terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan himoyachi hisoblanadi[1][2].

Martin Demichelis Futbol
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ism sharifi

Martin Gaston Demichelis

Taxallusi

Micho

Tugʻilgan

20-dekabr 1980-yil(1980-12-20) (41 yosh)

Xustiniano Posse, Argentina

Fuqaroligi

Flag Argentini Argentina

Flag Italii Italiya

Boʻyi

184 cm

Vazni

80 kg

Pozitsiyasi

Himoyachi

Informatsiya o klube
Klub

Flag Germanii Bavariya II

Martabasi

Bosh murabbiy

Yoshlar klublari
1994—1995 Flag Argentini Komplexo Deportivo
1995—1998 Flag Argentini Renato Chezarini
Klub faoliyati
1998—2003 Flag Argentini River Pleyt 51 (1)
2003—2010 Flag Germanii Bavariya 174 (13)
2004 Flag Germanii Bavariya II 1 (0)
2011—2013 Flag Ispanii Malaga 84 (7)
2013 Flag Ispanii Atletiko Madrid 0 (0)
2013—2016 Flag Anglii Manchester Siti 78 (3)
2016 Flag Ispanii Espanol 2 (0)
2017 Flag Ispanii Malaga 10 (0)
Milliy terma jamoa
2005—2016 Flag Argentini Argentina 49 (2)
Murabbiylik faoliyati
2019—2021 Flag Germanii Bavariya U19
2021—h.k. Flag Germanii Bavariya II
Xalqaro medallari
Jahon chempionati
Kumush Braziliya 2014
Konfederatsiyalar kubogi
Kumush Germaniya 2005
Amerika kubogi
Kumush Chili 2015
Wikimedia Commonsdagi media fayllar

2010 va 2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi. „Bavariya“ dublining bosh murabbiyi[3].

„River Plate“ tahrir

U professional futbolchilik faoliyatini 1998-yilda „River Plate“da boshlagan, ammo 2001-yilgacha asosiy tarkibdan joy bera ololmagan. U „River Plate“ uchun bir nechta yaxshi oʻyinlar oʻtkazgan. Va uning bu oʻyinlari "Bavariya"" seleksionerlarining eʼtiborini tortgan.

„Bavariya“ tahrir

Uning „Bavariya“dagi birinchi mavsumi unchalik yaxshi oʻtmadi, chunki u ketma-ket bir nechta kichik jarohatlar oldi, biroq tajribali murabbiy Feliks Magat qoʻl ostida u yakunda asosiy jamoada oʻynay oldi. Martin 2005 va 2006-yillarda „Bavariya“ning nemis chempioni boʻlishida ham muhim rol oʻynadi. 2007-yil 11-sentabrda u o‘zining ilk xalqaro golini Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiritgan hamda uning jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

2010-yil 24-dekabr Martin Demichelis Ispaniyaning „Malaga“ klubiga oʻtdi. U Ispaniya klubida 6 oy muddatga ijara asosida oʻynaydi[4]. 2011-yilning 8-yanvarida Demichelis „Malaga“ safida 2010-2011- yilgi Ispaniya chempionatining 18-turida „Atletik Bilbao“ga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, Demichelis 81-daqiqada ispan klubi safidagi ilk golini urgan[5].

„Atletiko“ va „Manchester City“ tahrir

2013-yilning 11-iyulida Demichelis Madridning „Atletiko“ klubiga o‘tgan. Uning „Malaga“ jamoasi bilan shartnomasi tugatdi hamda u „Atletiko“ jamoasigaga tekinga yoʻl oldi. Martin ular bilan 1 yillik shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.

Oʻsha yilning avgust oyida Demichelis „Atletiko“ tarkibida birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Angliyaning „Manchester City“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 5 million funtni tashkil qilardi. Shartnoma ikki yilga imzolandi. Martin „26“ raqami ostida toʻp sura boshladi. 27-oktyabr kuni Londonning „Chelsea“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qilgan[6]. 2014-yil 22-mart kuni „Fulxem“ ga qarshi kechgan duelda Martin „City“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritdi[7]. Angliyadagi birinchi mavsumida u Premer-liga va Futbol Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi . 2015-yil boshida Demichelis „Manchester City“ bilan shartnomasini 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan[8].

„Espanyol“ tahrir

2015-2016-yilgi mavsum yakunlangach, „Manchester City“ himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi, shu bilan birga 10-avgust kuni u „Espanyol“ bilan bir mavsumlik shartnoma imzoladi[9]. 22-oktyabr kuni „Eybar“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2017-yilning boshida klub Martin bilan shartnomani bekor qildi va Martin erkin agentga aylandi[10].

„Malaga“ sahifasiga qaytish tahrir

2017-yilning 18-yanvarida Demichelis o‘zining sobiq jamoasi „Malaga“ bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 15-mayida u mavsum oxirida o‘ynashni yakunlashini maʼlum qildi[11].

Xalqaro martabasi tahrir

 
Demichelis (15-raqam) JCh-2014 finalida Germaniyaga qarshi oʻyinda

2005-yil 12-noyabrda Angliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Demichelis Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan[12]. Oʻsha yili u Konfederatsiyalar kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. 2007-yil 11- sentyabrda Demichelis oʻzining birinchi xalqaro golini Avstraliya darvozasiga kiritgan[13].

2010-yilda Martin milliy terma jamoaning Janubiy Afrikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligiga kiritildi[14][15]. Turnirda u Nigeriya , Janubiy Koreya , Meksika , Germaniya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan hamda Gretsiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritgan[16][17][18].

2014-yilda Demichelis ikkinchi bor Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[19]. Turnirda u Belgiya , Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[20]. Musobaqa natijalariga koʻra Martin chempionatning kumush medali sohibiga aylandi[21].

Argentina statistikasi tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
01. 2007-yil 11- sentyabr Melburn Kriket maydoni, Melburn, Avstraliya   Avstraliya 0: 1 0: 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
02. 2010-yil 22- iyun Piter Mokaba (stadion), Polokwane, Janubiy Afrika   Gretsiya 1 :0 2 :0 Jahon chempionati 2010

Yutuqlari tahrir

"River Plate"

  • Argentina futbol chempionati — 1999, 2000, 2002, 2003

"Bavariya"

  • Futbol boʻyicha Germaniya chempionati — 2005, 2006, 2008, 2010
  • Germaniya Liga kubogi gʻolibi — 2004, 2007
  • Germaniya kubogi gʻolibi — 2005, 2006, 2008, 2010
  • Germaniya Superkubogi sohibi 2010-yil

"Manchester City"

  • Premer-liga — 2013-2014
  • Futbol Ligasi kubogi gʻolibi — 2013-2014, 2015-2016

Xalqaro yutuqlari

"Argentina"

Manbalar tahrir

  1. Martín Demichelis // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Martín Demichelis // FBref.com (Wayback Machine saytida 2022-03-22 sanasida arxivlangan(mn.)
  3. Originalnoe proiznoshenie etoy italyanskoy familii — Demikélis.
  4. „Martín Demichelis, nuevo zaguero blanquiazul“ (es). Málaga CF.com (2010-yil 30-dekabr). 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-dekabr.
  5. „Un gol en el descuento del Athletic impidió el triunfo del Málaga (1-1)“ (es). Malaga CF.com (2011-yil 8-yanvar). 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
  6. „Челси — Манчестер Сити 2:1“. soccerway.com (2013—10—27). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  7. „Манчестер Сити — Фулхэм 5:0“. soccerway.com (2014—03—22). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  8. „Демикелис продлил контракт с «Манчестер Сити»“. championat.com (2015—03—12). 2015-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  9. „Martín Demichelis signs for Espanyol on one-year contract“ (en). The Guardian (2016-yil 11-avgust). 2017-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
  10. „«Эспаньол» расторг контракт с Демичелисом“ (ru). sports.ru (2017-yil 10-yanvar). 2017-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  11. „Демичелис объявил о завершении карьеры“ (ru). sports.ru (2017-yil 15-may). 2017-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
  12. „Англия VS. Аргентина 3:2“ (ru). soccerway.com (2005-yil 12-noyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  13. „Австралия VS. Аргентина 0:1“ (ru). soccerway.com (2007-yil 11-sentyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  14. „Аргентина VS. Нигерия 1:0“ (ru). soccerway.com (2010-yil 12-iyun). 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  15. „Аргентина VS. Южная Корея 4:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 17-iyun). 2013-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  16. „Греция VS. Аргентина 0:2“ (ru). soccerway.com (2010-yil 22-iyun). 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  17. „Аргентина VS. Германия 0:4“ (ru). soccerway.com (2010-yil 3-iyul). 2013-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  18. „Аргентина VS. Мексика 3:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 27-iyun). 2013-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  19. „Аргентина VS. Бельгия 1:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 5-iyul). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  20. „Германия VS. Аргентина 1:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 13-iyul). 2015-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  21. „Нидерланды VS. Аргентина 0:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 9-iyul). 2015-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.