Marvaridgul (Convallaria) — pi-yozguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, ekma gul. Baʼzan mustaqil tur sifatida ajratiladigan may M. (S. majalis) turi ekiladi. M. namsevar, ildizi gorizontal joylashadi, 2 yoki 3 ta uzun bandli choʻziq ildizoldi barglari mavjud. Ildizpoyasidan oʻsib chiqqan bachkilari orqali koʻpayadi. Gulbandi (20 sm)ning bir tomoniga xushboʻy oq gullar joylashgan. Mayiyun oylarida gullaydi. Mevasi dumaloq, qizil, sersuv. M. salqin, chirindiga boy qumlik joyni va tez-tez sugʻorib turishni talab qiladi. Oʻrta Osiyo sharoitida bachkilarini mart oyi boshlarida koʻchat qilgan maʼ-qul. May M. dorivor oʻsimlik sifatida ishlatiladi. Uning yer ustki qismi tarkibida yurak glikozidlari (asosan, konvallatoksin va konvallazid) bor. May M. manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. M.ning qatmaqat, pushti gulli xillari bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil