Mashara
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mashara (arab. — hajv, mazax kilish) — oʻrta asrlar va yaqin oʻtmishdagi oʻzbek anʼanaviy teatrining turi. Ijrochi ham M. deb atalgan. Gʻaznaviylar saroyida (10-asr oxiri — 11-asr boshi) Buki M., Alisher Navoiy davrida Gʻiyos M. deganlar utgan. 19-asrda Buxoro anʼanaviy teatrida Zarif, Tula, Mizrob, Ergash ismli M.lar shuhrat qozongan. M.lar maxsus liboslar va buyumlardan foydalanib, yuzlarini boʻyab, baʼzan yuzlariga niqob tortib, boshlariga kulgili qalpoqlar, sallalar, popoxlar kiyib, ayvon, koʻshk yoki maydonlarda hayotdan olingan voqealarni sahnaviy ziddiyatlar va timsollar shaklida hajv va hazil vositalari bilan boʻrttirib aks ettirganlar va tomoshabinlarni kuldirganlar. 18-asrda M. iborasi bilan bir qatorda ijrochi maʼnosida "masharaboz", teatr maʼnosida "masharabozlik" istilohlari qoʻllana boshlagan (yana q. Masharabozlik).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |