Matthew Charles Turner (1994-yil 24-iyunda tugʻilgan) – amerikalik professional futbolchi, Premier League "Arsenal" klubi va AQSH terma jamoasi darvozaboni sifatida oʻynaydi[3].

Matt Turner
Turner "Richmond Kickers" safida (2017-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Matthew Charles Turner[1]
Tavallud sanasi 24-iyun 1994-yil (1994-06-24) (29 yosh)
Tavallud joyi Park Ridge New Jersey, AQSH
Boʻyi 6 ft 3 in[2]
Ampluasi Darvozabon (futbol)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami 30
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Jersey Express 24 (0)
2016—2022 New England Revolution 102 (0)
2016—2017 → Richmond Kickers (ijara) 27 (0)
2022- Arsenal 0 (0)
Milliy terma jamoa
2021- AQSh milliy futbol terma jamoasi 18 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-may 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-iyun 2022-yil uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

New England Revolution tahrir

Turner MLS SuperDraft 2016 tanlovida yuqori natija koʻrsatmagan boʻlsa-da, 2016-yil 3-mart kuni Major League Soccer (MLS) klubi New England Revolution bilan mavsumoldi sinovidan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng professional shartnoma imzolagan[4][5]. 29-aprelda u Birlashgan Futbol Ligasining Richmond Kickers klubiga ijara asosida qoʻshildi va bir kundan soʻng Toronto FC II ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, professional debyutini oʻtkazdi[6]. „Kickers“ safidagi ikki martalik ijara davrida Turner 27 startda 7 ta oʻyindan iborat quruq seriyani qayd etgan[7].

Arsenal tahrir

2022-yilning 11-fevralida Turner va Premyer-liganing "Arsenal" klubi futbolchining 2022-yil yozida London klubiga oʻtishini koʻrsatadigan shartnoma borasida kelishib olgani maʼlum boʻldi. U „Arsenal“ning yozgi transfer oynasidagi birinchi xaridi boʻldi[8][9]. Xabar qilinishicha, „Arsenal“ transfer uchun 6 million dollar toʻlagan, bu 10 million dollarga koʻtarilishi mumkin[10]. 2022-yilning 27-iyunida „Arsenal“ Turnerni uzoq muddatli shartnoma boʻyicha yangi futbolchi sifatida eʼlon qildi. Turner 30-raqam ostida oʻynaydigan boʻldi[3].

Turner „Arsenal“ning 2022-yil 8-iyuldagi „Nyurnberg“ futbol klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyutini boshladi. U oʻyinning dastlabki 29 daqiqasida ikkita, 24-daqiqada Yoxannes Geys va 5 daqiqadan soʻng Kvadvo Duadan gol oʻtkazib yubordi. Uchrashuvda „Arsenal“ 5:3 hisobida gʻalaba qozondi[11].

Terma jamoadagi karyerasi tahrir

Turner xalqaro maydondagi debyutini 2021-yil 31-yanvar kuni AQSh erkaklar terma jamoasi safida Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boshlagan edi[12]. Oʻsha oʻyinda Turner Alvin Jonsning penaltidan tepgan toʻpini qaytarishga muvaffaq boʻldi.

Turner 2021-yilgi CONCACAF Oltin Kubogi doirasida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi safida barcha oltita oʻyinda maydonga tushib, beshta quruq oʻyin oʻtkazdi. Shu jumladan final bahsida Meksikaga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyind aham darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Samarali oʻyini uchun Turner musobaqaning „Eng yaxshi darvozaboni“ unvoniga sazovor boʻldi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Turner 2020-yilda Litva pasportini oldi; uning buvisi Ikkinchi jahon urushi paytida Litvadan koʻchib kelgan edi[13]. Otasining oilasi yahudiy boʻlib, ularning familiyasi immigratsiya paytida Turnerga oʻzgartirilgan[14].

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 28-may holatiga ko'ra[15]
Klub, mavsum va musobaqalarda oʻyin va gollar jadvali
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Mintaqaviy Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Richmond Kickers (ijara) 2016 USL 7 0 7 0
2017 20 0 20 0
Jami 27 0 0 0 0 0 0 0 0 0 27 0
New England Revolution 2018 MLS 27 0 0 0 27 0
2019 20 0 2 0 1 0 23 0
2020 22 0 5 0 27 0
2021 28 0 1 0 29 0
2022 5 0 5 0
Jami 102 0 2 0 0 0 0 0 7 0 111 0
Arsenal 2022-23 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy 129 0 2 0 0 0 0 0 7 0 138 0

Xalqaro tahrir

2022-yil 10-iyun holatiga ko'ra[16]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Qoʻshma Shtatlar 2021 13 0
2022 5 0
Jami 18 0

Sovrinlar tahrir

AQSh

New England Revolution tahrir

  • Qoʻllab-quvvatlovchilar qalqoni: 2021

Individual

  • KONKAKAF Oltin Kubogi Oltin qoʻlqop mukofoti: 2021[17]
  • KONKAKAF Oltin Kubogi: 2021-yilning eng yaxshi oʻyinchisi[18]
  • MLS All-Star: 2021[19]
  • MLS yulduzlari oʻyini MVP: 2021
  • MLS yilning eng yaxshi darvozaboni: 2021
  • MLS eng yaxshi 11: 2021

Manbalar tahrir

  1. „National team roster: 2021 Concacaf Nations League Finals“. CONCACAF (10-may 2021-yil). 10-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2021-yil.
  2. Matt Turner Soccerway saytida. Qaralgan sana: 20-yanvar 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 „Matt Turner joins from New England Revolution“. Arsenal F.C. (27-iyun 2022-yil). Qaraldi: 27-iyun 2022-yil. „Matt Turner joins from New England Revolution“.
  4. „Matt Turner Signs With New England Revolution“. FairfieldStags.com. Fairfield Stags (4-mart 2016-yil). Qaraldi: 8-may 2016-yil.
  5. „Revolution sign forward Michael Gamble and goalkeeper Matt Turner“. RevolutionSoccer.net. New England Revolution (3-mart 2016-yil). Qaraldi: 8-may 2016-yil.
  6. Campos. „Match Recap: TFC II 0–1 Richmond Kickers“. TorontoFC.ca (30-aprel 2016-yil). Qaraldi: 8-may 2016-yil.
  7. „Recap: Revs drop season opener in Philadelphia, 2–0“ (3-mart 2018-yil). Qaraldi: 8-iyul 2022-yil.
  8. „Arsenal to sign US goalkeeper Turner“. BBC Sport.
  9. „Matt Turner set to join Arsenal in summer transfer | New England Revolution“. revolutionsoccer.net.
  10. „Official: New England Revolution transfer Matt Turner to Arsenal for summer | MLSSoccer.com“. mlssoccer.
  11. „Gabriel Jesus scores twice as Arsenal fight back to claim preseason win over Nurnberg“ (8-iyul 2022-yil). Qaraldi: 8-iyul 2022-yil.
  12. „Revolution goalkeeper Matt Turner backstops US men's team in shutout of Trinidad & Tobago“. The Boston Globe (31-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 1-fevral 2021-yil.
  13. „New England Revolution goalkeeper Matt Turner explains his Lithuanian passport and European aspirations | MLSSoccer.com“. mlssoccer.
  14. „Goalkeeper Matt Turner of USMNT & New England Revolution;“. Fútbol with Grant Wahl Podcast. Qaraldi: 26-oktabr 2021-yil.
  15. Matt Turner Soccerway saytida. Qaralgan sana: 14-sentabr 2021-yil.
  16. „M. Turner“. Soccerway.
  17. „Matt Turner of U.S. named winner of Best GK Award“. CONCACAF (2-avgust 2021-yil). Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  18. „Turner, Funes Mori named to Best XI“. CONCACAF (3-avgust 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.
  19. „2021 MLS All-Star Team Roster“. MLSsoccer. 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.