Mavlono Qanbariy I
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Qanbariy I (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan nishopurlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning ilmsiz kishi ekani, lekin sheʼr aytishda peshqadamligi, sheʼrlarida maʼno borligini aytib, “Majolis un-nafois”da Abulqosim Bobur madhida aytgan qasidasidan matlaʼ keltiradi:
In guharho binki, dar daryoi axzar kardaand,
Z-in mashoil otashi xur binki chun barkardaand.
(Mazmuni: Bu gavharlarni koʻm-koʻk daryoda yetishtirganlar, koʻrgil bu mashʼallardan yolqinli quyosh paydo qilganlar)[1][2].
Mavlono Qanbariyning qabri Nishopurda joylashgan.
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |