Hanifa Muhiddinovna Mavlonova (30-yanvar 1924, Xoʻjand – 24-oktabr 2010, Moskva) — xonanda (lirik-dramatik soprano). Xalq artisti (1968). Xoʻjand musiqa bilim yurtini (1936), Moskva konservatoriyasini (1959) tugatgan. Xoʻjand Yosh tomoshabinlar teatri (1937—39), Xoʻjand musiqali drama teatri (1939—43), 1943-yildan S. Ayniy nomidagi opera va balet teatrining yetakchi aktrisasi. Mohin ("Tohir va Zuhra"), Gulroʻ ("Poʻlat va Gulroʻ"), Maysara ("Maysaraning ishi"), Nisso ("Baxtiyor va Nisso"), Mariya ("Mazepa"), Yaroslavna ("Knyaz Igor"), Margarita ("Faust"), Dezdemona ("Otello") kabi rollari bilan shuhrat qozondi. M.ning ovozi diapazoni keng, yorqin va jarangdorligi bilan ajralib turadi. M. tojik va oʻzbek mumtoz qoʻshiqlari hamda zamonaviy qoʻshiqlarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil