Mavritaniya iqtisodiyoti
Mavritaniya - mintaqadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan turmush darajasi nisbatan past boʻlgan, rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi.
Iqtisodiyot tarixi
tahrirMustamlakachilik davrida aholining asosiy mashgʻuloti tuyachilik, baliqchilik va dehqonchilik boʻlgan. 1960-yillarda mamlakatda temir rudasi konlari topilganidan soʻng togʻ-kon sanoati Mavritaniya iqtisodiyotining asosiga aylandi.
Sanoat
tahrirMavritaniyaning asosiy sanoati togʻ-kon sanoati boʻlib, uning yalpi milliy mahsulotdagi ulushi 12 % va esport salmogʻining 50 % dan ortiqni qismini tashkil qiladi. Eng muhim minerallar temir, mis, oltin, sement, gips, tuz va neft hisoblanadi [1].
Temir rudasining tasdiqlangan zahiralari 185 million tonna gematit rudalarini tashkil qiladi, temir rudasi foydali koeffisenti 60-68 % hisoblanadi.
Misning umumiy zaxiralari 2,25 million tonnani tashkil etadi, shundan 428 mingtasi tasdiqlangan zaxiralar hisoblanadi.
2007-yil fevral oyida Rossiyaning RussNeft kompaniyasi mamlakatdagi uglevodorod konlarini oʻzlashtirish uchun litsenziya oldi. 2006-yilda dengizda neft qazib olish boshlandi, hozirda Chinguitti konining tasdiqlangan neft zaxiralari taxminan 120 million barrelni tashkil etadi [2].
Qishloq xoʻjaligi
tahrirMavritaniya qishloq xoʻjaligi qurgʻoqchil iqlim tufayli cheklangan. Vohalarda xurmo va don ekinlari yetishtiriladi. 1970-yillarda Sahel mintaqasida qurgʻoqchilik boʻlib, mintaqa davlatlarining yarmidan koʻpiga taʼsir koʻrsatdi. Mavritaniyada qurgʻoqchilik natijasida don ekinlari nobud boʻldi, ocharchilik boshlandi. Qurgʻoqchilikning ikkinchi zarbasi 1982-1984 yillarda sodir boʻldi. Tez orada sugʻorish tizimi qurildi, bu qurgʻoqchilik oqibatlarini biroz bartaraf etishga imkon berdi.
Milliy iqtisodiyotda baliq va dengiz mahsulotlari sanoati muhim oʻrin tutadi. Baliqchilik Mavritaniya iqtisodiyotining asosidir. Mavritaniyada baliqchilik xavf ostidadir, buning sababi suv hududlarida baliqchilik faoliyati ustidan nazoratning mavjud emasligi asosiy sabab hsioblanadi. Qishloq xoʻjaligi yerlari deyarli toʻliq qoloq sugʻorish tizimi asosida sugʻoriladi.
Transport
tahrirMavritaniyada asosiy transport turi — avtomobil transporti hisoblandi. 1996-yilda mamlakatdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 7,6 ming km ni tashkil etgan, shundan atigi 1,8 ming km qattiq qoplamali yoʻllar hisoblandi.
Energetika
tahrirElektr energiyasini issiqlik elektr stansiyalari va gidroelektrostansiyalarda (Senegal daryosida) ishlab chiqariladi. 2003-yilda uning ishlab chiqarilishi 185,6 million kW/soatni tashkil etdi [3]. 2013-yil 20-aprelda Mavritaniya poytaxti Nuakshot shahri yaqinida qitʼadagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi Shayx Zayed quyosh elektr stansiyasi ishga tushirilldi. Elektr stantsiyasining quvvati 15 MVtni tashkil etadi, bu taxminan 10 ga teng hududda joylashgan, mamlakatdagi barcha elektr stansiyalar quvvatini 10 % ni tashkil etadi [4].
2016-yilda Fransiya neft va gaz uskunlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bosh direktori Jerar Moblot oʻzi boshqaradigan tashkilotning Mavritaniyadagi energetika sohasini xususan, gaz sanoatini rivojlantirish uchun sarmoya kiritdi [5].
Tashqi savdo
tahrir2016-yil maʼlumotlari asosida [6]
- Eksport — 2,76 mlrd doll: temir rudasi — 36 % (9824 $ mln), oltin — 17 % (471 % mln), mis rudasi — 8,3 % (227 $ mln), muzlatilgan baliq, molyuska va boshqa mahsulotlar — 28 %. Asosiy savdo hamkorlari — Xitoy — 37 % (1,02 $ mlrd), Shveysariya — 16 % (451 $ mln), Ispaniya — 9,1 % (249 $ mln), Italiya — 5,6 % (155 $ mln) va Yaponiya — 5,3 % (144 $ mln).
- Import — 3,51 mlrd doll. Mashina va uskunalar, neft mahsulotlari, oziq ovqat (asosan; shakar (170 $ mln), bugʻdoy (103 $ mln) va palma moyi (83 $ mln)) va boshqa mahsulotlar. Asosiy savdo hamkorlar Xitoy — 24 %(848 $ mln), AQSh — 8,4 % (295 $ mln), BAA — 6,1 % (213 $ mln), Marokash — 5,7 % (198 $ mln) va Fransiya — 5,1 % (178 4 mln).
Manbalar
tahrir- ↑ „Полезные ископаемые Мавритании“. 2018-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
- ↑ „Мавритания впервые начала добычу нефти на континентальном шельфе“. 2019-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
- ↑ „Мавритания - о стране на портале ehorussia.com“. 2017-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
- ↑ „В беднейшей стране Африки введена в строй крупная солнечная ЭС“. 2019-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
- ↑ „Франция намеревается инвестировать в энергетику Мавритании“. 2019-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
- ↑ „Внешняя торговля по данным atlas.media.mit.edu“. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.