Maxluqlar taʼtilda 4: Transformaniya

2022 yil animatsion filmi

Maxluqlar taʼtilda 4: Transformaniya (inglizcha: Hotel Transylvania: Transformania; asl tarjimasi „Transylvania mehmonxonasi: Transformaniya“) 2022-yili ekranlarga chiqarilgan maxluqotlar haqidagi kompyuter-animatsion film boʻlib, Columbia Pictures va Sony Pictures Animation tomonidan ishlab chiqarilgan va Amazon Studios tomonidan tarqatilgandir. Maxluqlar taʼtilda franshizasining toʻrtinchi va oxirgi qismi boʻlgan bu film Maxluqlar taʼtilda 3: Dengiz chorlamoqda (2018) filmi davomidir. Film rejissorlari Jennifer Kluska va Derek Drymon, ssenariy mualliflari esa Amos Vernon, Nunzio Randazzo va Genndy Tartakovskydir. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Andy Samberg, Selena Gomez, Kathryn Hahn, Jim Gaffigan, Steve Buscemi, Molly Shannon, David Spade, Keegan-Michael Key, Brian Hull, Fran Drescher, Brad Abrell va Asher Blinkoff kirishadi.

Maxluqlar taʼtilda 4: Transformaniya
Hotel Transylvania: Transformania

Film posteri
Rejissyor(lar)
  • Jennifer Kluska
  • Derek Drymon
Prodyuser(lar) Alice Dewey Goldstone
Ssenariynavis(lar)
  • Amos Vernon
  • Nunzio Randazzo
  • Genndy Tartakovsky[1]
Hikoya Genndy Tartakovsky
Rollarda
Bastakor(lar) Mark Mothersbaugh[2]
Muharrir(lar) Lynn Hobson[3]
Studiya(lar)
Distribyutor Amazon Studios
Chiqarilgan sanasi
  • 14-yanvar, 2022-yil(2022-01-14)
Davomiyligi 87 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Avvalgi film Maxluqlar taʼtilda 3: Dengiz chorlamoqda

Filmni dastlab AQSh kinoteatrlarida 2021-yilning 1-oktabridan namoyish etish rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli Sony Pictures Releasing shirkati film premyerasini bekor qildi va filmni tarqatish huquqini Amazon Studiosga $100 million evaziga sotdi. Film 2022-yilning 14-yanvarida Amazon Prime Video platformasi orqali yoyinlandi.

Ovoz berganlar tahrir

Tanqid tahrir

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Maxluqlar taʼtilda 4: Transformaniya haqida 74 ta maqola yigʻilib, ulardan 51 foizi (5.20/10) filmni ijobiy baholaydi.[4]

Manbalar tahrir

  1. Billington, Alex „Goofy First Trailer for Sequel 'Hotel Transylvania 4: Transformania'“. FirstShowing.net (17-may 2021-yil). 17-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-may 2021-yil.
  2. „Mark Mothersbaugh Scoring 'Hotel Transylvania: Transformia'“. Film Music Reporter.com (18-iyun 2021-yil). 3-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2021-yil.
  3. Hobson, Lynn „Lynn Hobson Lead Editor at Sony Pictures Animation“. Linkedin. 5-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2021-yil.
  4. „Hotel Transylvania: Transformania“ (inglizcha). Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.

Havolalar tahrir