Maxsar ildiz filchasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Maxsar ildiz filchasi (Mesogriocus petraeus Faust.) — qattiqqanotlilar yoki qoʻngʻizlar turkumining filchalar yoki uzunburunlilar (Cur-culionidae) oilasiga mansub hasharot. Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Jan. Qozogʻistonda uchraydi. Qoʻngʻizi maxsar ekinining ildiz boʻgʻimini, yosh maysalarning pastki qismini kemirib zararlaydi. Natijada yosh nihollar qurib qoladi va ekinlar siyraklashadi. Qoʻngʻizining uz. 4,0—4,5 mm, rangi qora, tanasi ustida kulrang tangachalar, qornining ostki tomonida oqimtir tukchalari bor. Boshi kalta hartumchadan iborat. Qoʻngʻizlik davrida qishlaydi. Mart—apr. oʻrtalarida qishlab chiqqan qoʻngʻizlari maxsar maysalarini kemirib zararlaydi. Oʻsimliklar soʻliy boshlaydi yoki zararlangan joyidan sinib ketadi. Yiliga bir marta avlod beradi.
Kurash choralari : ekin maydonlarga fozalon (2,0—2,3 l/ga) yoki de-sis (2,5% emulgirlanuvchi konsentrata; 0,3—0,5 l/ga) purkaladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |