Alloh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
SieBot (munozara | hissa)
k robot Adding: az:Allah
SofIslom (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
Manba: http://www.sofislom.com
'''Alloh''' ([[arab tili|arabcha]]: اﷲ, Allāh) [[islom]] dinidagi [[xudo]]ning nomidir. Islomdan avval [[Arab yarimoroli]]dagi [[butparast]]lar [[Oy]] xudosini shunday nomlashgan {{fact}}.
 
{{stub}}
Allohga iymon bu iymon asosidir.Farishtalarga,Kitoblarga, rasullarga, qiyomat va taqdirga iymon Allohga iymondan keyin keladi, ya’ni Allohga iymon bu iymonning asosidir(eng muhimi).
 
Allohga iymon quyidagilarni o’z ichiga oladi:
 
1. Inson Allohga to’g’ri iymonda bo’ladi qachonki, u chin qalbdan, xolislik bilan Allohning mavjudligiga, Yagona Robb ekanligiga, faqatgina Alloh ibodat qilinishga loyiq ekanligiga va Alloh Go’zal Ism va Sifatlarida yagona ekanligiga iymon keltirsa.
 
Har bir kishi yuqorida keltirilgan 4 ta shartning barchasiga iymon keltirishi lozim agar to’g’ri iymonda bo’lishni xohlasa.Masalan,Alloh mavjudligiga ishonish kishini musulmon qilib qo’yishga yetarli emas. Agar kishi Allohning Yagona Robb ekaniga iymon keltirsayu, Allohga ibodat qilmasa va Allohning yagona ibodatga loyiq ekanligini tan olmasa uning iymoni to’g’ri emas. Balki har bir kishi yuqorida keltirilgan 4 ta shartning barchasiga birgalikda iymon keltirishi shart,zarur. Agar bittasiga iymon keltirmasa iymoni to’g’ri emasdir.
 
Endi bu 4 ta narsalarga alohida to’xtalib o’tamiz.
 
a) Alloh taolo mavjud.
 
Musulmon Alloh mavjudligiga ishonishi kerak aks holda musulmon emas kofir hisoblanadi.
 
Alloh mavjudligi haqida ko’p gapirib ko’p isbotlar keltirish zarur emas. Chunki qariyb barcha insonlar Allohning mavjudligini bilishadi. Sof va to’g’ri aql Alloh mavjudligini tan oladi, biladi. Shunday bo’lsada Alloh mavjudligi haqida quyida bir qancha dalillar keltiramiz inshaAllaah:
 
Tabiiy dalil:
 
Alloh mavjud ekanligi yuragimizda(qalbimizda) bor.. chunki masalan , hattoki ateistlar ham bir juda qiyin ahvolga tushib qolganidan OH MY GOD deyishadi. Agar Allohga ishonmasa bu so'zlar qaerdan chiqdi?? O'z o'zidan chiqmaydiku? Ular ham qalblarida Alloh mavjudligini bilishadi ammo kibr va hasadlari sabab uni tan olishmaydi.
 
Keyin chaqaloqni o’z holida qo’yib qo’yilsa Allohni tanigan holatda ulg’ayadi..ammo uning ota-onasi yo’ldan adashtirishi mumkin. Bu haqda rasululloh sallallahu ‘alayhi va sallam aytdilar: :”Har bir chaqaloq fitratda (tabiiy xilqatda-Islomda) dunyoga kelur, ammo uning ota-onasi uni yahudiy, yoki nasroniy yoki zoroastrian (Majusiy) qilib qo’yishadi.” (Buxoriy va Muslim rivoyatlari)
 
Aqliy dalil:
 
Atrofimizdagi olamlarga qaraylik, planeta , osmon, yulduz va h.k.. Qaraylik ular qanday tartibda joylashgan..va o'ylaylik!... Hech narsa o'z o'zidan paydo bo'lmaydi.. Agar paydo bo'ladi deyilsa bu aqlga kirmaydigan narsa.. Kim biror o'z o'zidan paydo bo'lgan narsani aytib bera oladi?? Xosh shu planetalar umuman butun olam qaerdan paydo bo'ldi? Albatta ularning kimdir yaratgan.. va bu yaratgan Zot Allohdir.
 
Yana aniqroq tushuntirish uchun quyidagi misolni keltiramiz:
 
Agar biror kishi sizga atrofi daryolar oqadigan chiroyli bog'lar bilan o'ralgan, hamda
 
chiroyli gilamlar va ko'rpachalar to'shalgan va turli xil boshqa bezaklar va xazinalar bilan bezatilgan saroy haqida aytsa va keyin desaki bu saroy o'z o'zidan paydo bo'lgan yoki bu shunchaki o'z o'zidan yo’qdan paydo bo'ldi hech kimning yordamisiz . Albatta shundan keyin siz u kishiga ishonmaysiz va unga yolg'onchisan deb aytasiz va uni jinni deb o'ylaysiz.Axir u holda qanday qilib bu keng hayratlanarli tardibda joylashgan koinot, planeta , osmon, yulduz va ular ichidagi narsalar o'z o'zidan paydo bo'ladi deyish mumkin? ya'ni hech qanday yaratuvchisiz?
Alloh taolo aytadi:
 
”Osmonlar va Yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi zot mavjud ekanligiga) ochiq(aniq)oyat-alomatlar borligi shubhasizdir” Oli Imron surasi 3:190
 
”Albatta kecha va kunduzning almashib turishida hamda Alloh osmonlar va Yerda yaratib qo’ygan narsalarda Allohdan (va Uning azobidan) qo’rqadigan qavm uchun ochiq(aniq) oyat-alomatlar bordir” Yunus surasi 10:6
 
”Albatta osmonlar va Yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, dengizda odamlarga kerakli narsalarni olib yurgan kemalarning (suzishida) va Alloh osmondan tushirgan va u sababli o’lik yerni tiriltirib,bor jonzotni tarqatib-yoyib yuborgan suv(yomg’ir) degan ne’matda va shamollarning yo’naltirilishida, osmon va Yer orasidagi itoatgo’y bulutda –(bularning hammasida) aqlli kishilar uchun Allohning yagona Robb ekanligiga ochiq(aniq) oyat-alomatlar bordir” Baqarah surasi 2:164
 
Hech narsa yo'qdan o’z o’zidan paydo bo'lmaydi. Barcha narsaning yaratuvchisi bu Allohdir..Alloh taolo aytadi:
 
”Balki ular hech narsadan(ya’ni Yaratuvchisiz) yaralib qolgandirlar! Yoki ular o’zlari yaratguvchimikanlar-a?! Balki osmonlar va Yerni ham ular yaratgandirlar?! Yo’q, ular ishonmaslar! Balki ularning huzurlarida Parvardigoringizning xazinalari bordir? Yoki ular(butun borliqni) boshqarib turguvchimikanlar-a?!” Tur surasi 52:35-37
 
Tajribadan dalil:
 
Musulmon kishi Allohga duo qilganda duosi ijobat bo’ladi. Agar biror kimsani bir xonaga qamab qo’yilsa u holda u kimsa yonidagi qo’shni xonada biror kimsa bormikan deb devorni taqillatadi yoki ”hey kim bor?” deydi. Agar qo’shni xonada biror kishi bo’lsa u kishi ham borligini bildirib devorni taqillatadi yoki ”men borman” deb javob beradi.Shunga o’xshah musulmon kishi necha martalab chin qalbdan , xolisona Allohga duo qiladi, Alloh esa duosini ijobat qiladi. Bu ham Allohning mavjudligiga dalil.
 
Qu’ron nuqtai nazaridan dalil:
 
Ba’zilar so'rashi mumkin,,Allohni ko'rmaymiz qanday qilib ishonamiz unga deb.. Bunga javob masalan..mening shu yozganimni ularga ko’rsating ular o’qishadi ammo meni ko'rganlari yoq lekin mening mavjudligimni bilishadi.
 
Shunga o'xshah..Alloh mavjudligiga dalil sifatida Qur'onni vahiy qildi. Qur'on bu Allohning So'zi. Qur'onni shoir Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) to'qib chiqargan deganlar xato qiladi chunki masalan..agar Muhammad payg'ambarning(sallallahu ’alayhi va sallam) hayotini o'qisak u kishi hayotida juda ko'plab azob-qiyinchiliklarga uchragan ..yoshligidan etim qolgan.. ko'pchilik farzandlari yosh holda vafot etgan..Ammo Qur'onda bu haqda hech narsa aytilmagan..agar Qur'onni Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) to'qib chiqargan bo'lsa edi bu haqda yozmas edimi?
Yana shuki Qur'onda Muhammaddan(sallallahu ’alayhi va sallam) oldin kelgan tarixiy voqealar haqida gap yuritiladi. Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam)ning o'zi o'qishni bilmagan, yozishni ham..hech qaerda o'qimagan.. qanday qilib oldin o’tgan Tarixiy voqealarni shunday aniq holda aytib berishi mumkin??
Bundan tashqari..Qur'onda fan olimlari yaqindagina kashf etgan ko'pchilik narsalar haqida aytilgan.. Agar Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) na yozishni bilgan bo'lsa, na o'qishni bilgan bo'lsa, na biror fan olimi bilan o'tirgan bo'lsa qanday qilib 1400 yil avval hozir fan olimlari zo'rg'a shunday qiyin asboblar bilan kashf qilgan narsani aytib bera oladi?? Albatta bularning barchasiga javob bu Qur'onni Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) to'qib chiqargan emas..balki Qur'on ilohiy ekanligi va U Allohning So'zidir.
 
Alloh taolo aytadi:
 
”Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqa birov tomonidan bo’lsa edi, unda ko’p qarama-qarshiliklarni topgan bo’lar edilar-ku?!” Niso surasi 4:82
 
b) Alloh Rabb ekanining ma'nosi
 
Alloh Robb ekanining ma’nosi shuki Alloh Al-Xoliq, Al-Maalik, Al-Mudabbir.
 
Al-Xoliq- yo’q narsadan bor Qiluvchi, Yaratuvchi degan ma’noni bildiradi. Alloh barcha narsalarning Yaratuvchisi :inson, jin, tog’, farishtalar va h.k lar Alloh tomonidan yaratilgan.Kimki maxluqotlardan(mavjudotlardan) ba’zilari Alloh tomonidan yaratilmagan desa Allohga shirk keltiribdi. Inson biror narsa yaratishi mumkin , ammo u narsani yaratishi uchun u boshqa bir narsani ishlatishi kerak ya’ni inson yo’q narsadan bor qila olmaydi, Alloh esa yo’q narsadan bor qiladi. Alloh taolo aytadi:
 
“Biron narsani (yaratishni) iroda qilgan vaqtida Uning ishi faqatgina “Bo’l”, demoqligidir. Bas, u (narsa) bo’lur – vujudga kelur”. (Yasin surasi 36:82.)
 
“Alloh barcha narsalarning Yaratuvchisidir” Zumar surasi 39:62
 
”Shubhasiz, Yaratish va buyurish faqat Unikidir(Allohnikidir)” Al-A’rof surasi 7:54
 
Al-Maalik—Alloh barcha mulklar egasidir, barcha mulklar Unga tegishli.
 
:”Yer va Osmonnig Qirolligi Alloh ta`ologa tegishli(Allohning mulki). U xohlagan narsasini yaratur. U O'zi xohlagan kishiga qiz(farzand)larni hadya etur va O'zi xohlagan kishiga o`g`il(farzand)larni hadya etur. Yoki ularni egizak o'g'illar va qizlar qilur va O'zi xohlagan kishini tug'mas (bepusht) qilib qo'yur. Albatta, U (barcha narsani) bilguvchi va (O'zi xohlagan narsani )yaratishga qodirdir." (Shuro surasi 42:49, 50)
 
Inson faqatgina chegaralangan mulkka ega bo’lishi mumkin, ammo Alloh chegarasiz barcha mulklar egasidir. Chegaralanganning ma’nosi, agar kishi masalan, uyga ega bo’lsa bir kun kelib u bu uydan mahrum bo’ladi, bu uy uning abadiy mulki emas. Alloh Malikdir(Podshoh) va Maalikdir.
 
”Ana shu Alloh sizlarning Parvardigoringiz(Robbingiz)dirki, faqatgina U ibodat qilinishga loyiq, (barcha olamlarga)podshohlik yolg’iz Unikidir. (Ey mushriklar), sizlar U zotni qo’yib iltijo qilayotgan butlaringiz esa po’stloqcha narsaga ham ega emasdirlar. Agar sizlar ularni chorlasangizlar, duolaringizni eshitmaslar. Agar eshitsalar-da, sizlarga javob qila olmaslar va qiyomat kunida ularni(Allohga) sherik qilib olganlaringizni inkor qilurlar.(ey Muhammad, dunyoyu oxirat haqida hech kim) sizga Xabardor Zot(ya’ni Alloh)kabi xabar bera olmas”. (Fotir surasi 35:13-14)
 
Inson podshoh bo’lishi mumkin ammo barcha mulk unga tegishli bo’lmaydi. inson mulkka ega bo’lishi mumkin ammo podshoh bo’lmaydi. inson podshosh bo’lishi mumkin ammo mamlakatning barcha mulki unga tegishli emas. Ammo Alloh esa Podshoh va barcha mulklar Unga tegishlidir.
 
Al-Mudabbir-Barcha ishlar boshqaruvchisi. U hayot,o’lim, rizq va h.k larni beradi.U kunduzdan keyin kechani keliradi, kechdan keyin kunduzni va h.k.. Barcha ishlarni Alloh Tadbir qiladi.
 
”Kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?! Ular(mushriklar) albatta:”Alloh”,deydilar”. (Yunus surasi 10:31)
 
Alloh Robb ekanligi haqida quyida yana oyatlar keltiramiz:
 
”Alloh sizlarni (Otangiz Odam Atoni ) loydan yaratib(undan avlodlar hosil qildi),so’ngra ajalni (ya’ni tiriklik muddatini) belgilab qo’ygan zotdir. Uning(Allohning) huzurida yana bir belgilangan ajal(ya’ni tirilish muddati-qiyomat kuni) bordir. Shundan keyin ham sizlar, (ey kofirlar), shak-shuba qilmoqdasiz” Al-An’om surasi 6:2
 
”Aniqki, Biz sizlarni yaratdik, so’ng sizlarga surat berdik…” Al-A’rof surasi 7:11
 
“Ma’lumki, Biz insonni-(Odamning asli) qora botqoqdan bo’lib(odam) surati berilgach –quritilgan loydan yaratganmiz” Al-Hijr surasi 15:26
 
“Ey insonlar,sizlarga Alloh ato etgan son-sanoqsiz ne’matni eslangiz!Sizlarga osmonu zamindan rizqu ro’z beradigan Allohdan o’zga bironta yaratguvchi bormi?! Shuning uchun Unga sherik qilib boshqa narsalarga ibodat qilma, balki faqatgina Unga(Allohga) ibodat qil…”Fotir surasi 35:3
 
"(U) samovot, yer va ular o`rtasidagi narsalarning robbisidir. Siz faqatgina Unga ibodat qiling hamda ibodatda sabrli bo`ling va doimo (ibodat) qiling! Siz Unga (Allohga) o’xshagan birortani bilasizmi (topa olasizmi)?! (Albatta hech kim Unga (Allohga) o’xhamas, teng emasdir va hech kim unga sherik bo’la olmaydi) [Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir] ". (Maryam surasi 19:65)
 
Agar kishi Alloh mavjudligiga va Robb ekanligiga iymon keltirsa bu uning musulmon bo’lishiga yetarli emas.Bular muhim ammo bulardan tashqari kishi Allohning Uluhiyati va ism hamda sifatlarida yagona ekanligiga ham iymon keltirishi zarur. Chunki Islomdan oldingi mushriklar Allohning yagona Robb ekanligini tan olishgan ammo Allohning yagona ibodatga loyiq ekanligini tan olishmay Allohga sherik qilib butlarga sig'inishgan. Alloh aytadi:
 
”(ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam) ,qasamki,agar siz ulardan(mushriklardan):”Osmonlar va Erni kim yaratgan?” deb so’rasangiz,albatta:”ularni Eng Qudratli va Eng dono (Barcha narsalarni biluvchi Alloh) yaratgan”, derlar” (Zuxruf surasi 43:9)
 
”(ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam), qasamki, agar siz ulardan(mushriklardan) o’zlarini kim yaratgani haqida so’rasangiz,albatta ular:”Alloh”, derlar.Bas,(O’sha Yaratuvchiga ibodat qilish o’rniga) qayoqqa burilib ketmoqdalar?!” (Zuxruf surasi 43:87)
 
c) Allohga ibodat qilishning muhim shartlari
 
Alhamdulillah avvalgi darsimizda biz Allohning mavjudligi va Uning Robb ekanligi haqida gapirgan edik. Shuni yana eslatib o’tish joizki, Allohning mavjudligi va Uning Robb ekanligiga iymon keltirish kishining mo’min bo’lishiga yetarli emas. Chunki oldingi darsda aytganimizdek, Islomdan oldingi mushriklar ham Allohning mavjudligi va Uning Robb ekanligiga iymon keltirdilar, ammo bu narsa ularning Islom diniga kirishlariga yetarli bo’lmadi. Bu haqda oldingi darsda Qur’ondan oyatlar keltirildi.
 
Yana shuni aytish kerakki, hatto Iblis(shayton) ham Allohning mavjudligi va Uning Robb ekanligini tan olgan bu haqda Qur’onda quyidagi oyat keltiriladi:
 
”Aniqki, Biz sizlarni(otangiz Odamni) yaratdik, so’ng sizlarga surat berdik, so’ngra farishtalarga:”Odamga sajda qilinglar”, deyishimiz bilan ular sajda qildilar.Magar Iblis sajda qilguvchilardan bo’lmadi. (Alloh) dedi:”(ey Iblis)Senga buyurgan paytimda nima seni sajda qilishdan to’sdi? Iblis dedi:”Men undan(Odamdan) yaxshiroqman.Meni olovdan yaratgansan.Uni esa loydan yaratding””. Al-’Arof surasi 7:11,12
 
Barchamiz bilamizki Iblis mo’min emas. Allohning unga la’nati bo’lsin.
 
Bu bizga shuni aniq qiladiki, ba’zi yo’ldan adashgan kishilar va da’vatchilar Allohning mavjudligi va Robb ekanligi haqida ko’plab ma’ruzalar tashkil etishadi. Vaholanki, qariyb barcha kishilar Allohning mavjudligi va Robb ekanligini bilishadi.Shuning uchun ham ularga qayta-qayta aytish foyda bermaydi ya’ni ular bu bilan yangi narsa o’rganib qolishmaydi. Bu narsalarni hattoki shayton ham biladi. Shuning uchun ham Allohning mavjudligi va Robb ekanligini isbotlash uchun ko’p urinishlar qilishning keragi yo’qdir. Islomdan oldingi kishilar ya’ni mushriklar Allohning mavjudligi va Robb ekanligini bilishgan ammo shunga qaramasdan Alloh ularga Muhammad sallallahu ’alayhi va sallamni rasul qilib yubordi. InshaAllaah bugungi darsimizda mana shu haqda gaplashamiz. Agar Allohning mavjudligi va Robb ekanligi kishini mo’min bo’lishi uchun yetarli bo’lganda edi Alloh rasul jo’natmas edi. Xo’sh Alloh rasullarni nima uchun yubordi?
 
Alloh taolo aytadi:
 
“Aniqki, Biz :”(Yagona) Allohga ibodat qilinglar va Tag’ut(barcha yolg’on ilohlar va hokazo, ya’ni Allaahdan o’zga (Tag’ut)ga ibodat qilmang) dan yiroq bo’linglar, (degan vahiy bilan) har bir Ummatga rasul(payg’ambar) yuborganmiz” (Nahl surasi 16:36)
 
Demak, Alloh faqatgina Unga ibodat qilishga chaqirish uchun rasullarni yuborgan. Mana shu Tavhid Al Uluhiya deyiladi. Bu Uluhiyaga iymonning ma’nosi shuki, faqatgina Alloh ibodat qilinishga loyiq, Allohdan o’zga ibodat qilinuvchi barcha ma’budlar yolg’on, botildir.
 
Mana shu narsa ham Laa ilaha illa Allaahning ma’nosi. Ba’zilar Laa ilaha illa Allaahni Allohdan O’zga Iloh yoq deb tarjima qilishadi bu narsa xato. Uning ma’nosi, Allohdan o’zga ibodatga haqli zot yo’qdir.
 
Alloh taolo aytadi:
 
“Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani (ibodatda) sherik qilmanglar” (Niso surasi 4:36)
 
Va Fotiha surasida biz shunday o’qiymiz:
 
”Sen(Alloh)gagina ibodat qilamiz va Sen(Alloh)dangina madad so’raymiz” (Fotiha surasi 1:4)
 
Rasullar mana shu sabab yuborilgan, jannat va do’zax ham mana shu sabab yaratilgan va h.k.
 
Biz qalbimizda aniq ishonch , aytgan so’zimiz va qilgan amallarimiz orqali Allohdan o’zga ibodatga loyiq zot yo’q ekanligiga iymon keltiramiz. Alloh inson va jinsi mana shu maqsaq bilan yaratgandir. Alloh taolo aytadi:
 
“Men(Alloh) jin va insni faqat(Yagona)O’zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim”(Va-z-zoriyot surasi 51:56)
 
Alloh Qur’onda o’zining Robb ekanligini mana shuning uchun ham aytadi. Agar inson Alloh Robb, Al-Xoliq, Al-Maalik, Al Mudabbir ekanligiga iymon keltirsa, ishonsa Allohga ibodat qilishligi majbur.
 
Rasullar va mushriklar o’rtasidagi kelishmovchilik Allohning mavjudligi hamda Robb ekanligida emas balki, Allohning yagona ibodatga haqli ekanligidadir.
 
Rasullar o’z odamlariga shunday der edilar:
 
”Yagona Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o’zga ibodatga haqli iloh yo’qdir” Al-’Arof surasi 7:59
 
Ammo mushriklar buni rad etishdi va Allohga sherik qilib boshqa yolg’on ilohlarga ulardan yordam ,najot tilab ibodat qilishdi. Alloh taolo bu ilohlarga sig’inuvchi mushriklarning botilligini ikkita aniq aqliy dalillar bilan ochiq qildi:
 
1. Ular ibodat qiladigan bu yolg’on ilohlar hech qanday ilohiy sifatga ega emas, balki ular yarata olmaydigan, ularga ibodat qiluvchilarga hech qanday foyda bermaydigan, ulardan biror zararni olib tashlay olmaydigan, ularning hayoti hamda o’limi ustilarida kuchga ega bo’lmagan va osmonlaru Yerda hech narsani tabdir qila olmaydigan yaratilgan narsalardir.
 
Alloh taolo aytadi:
 
”(Ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam, mushriklarga )ayting :” Sizlar Allohdan o’zga (ilohlar) deb gumon qilgan butlaringizga duo-iltijo qilaveringlar-chi (ular sizlarga ijobat qila olarmikanlar)! Ular na osmonlarda va na Yerda bir zarra vaznicha(narsa) ga ega emasdirlar va ular uchun (osmonlar va Yerda Allohga) sheriklik ham yo’qdir hamda (Alloh) uchun ulardan biron yordamchi yo’qdir” Saba surasi 34:22,23
 
”Hech narsani yarata olmaydigan, balki o’zi yaratiluvchi bo’lgan narsalarni (Allohga) sherik qiladilarmi? Ular uchun biron yordam qilishga qodir bo’lmaydigan, hatto o’ziga o’zi yordam qila olmaydigan (narsalarni Allohga sherik qiladilarmi?!) Al-’Arof surasu 7:191,2
 
2. O’sha mushriklar Alloh Robb, Al-Xoliq, Al-Maalik, Al-Mudabbir ekanligini tan olar edilar. Bu narsa faqatgina Allohga ibodat qilishni taqozo etadi.
 
Alloh aytadi:
 
”Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgari o’tganlarni taqvo egalari bo’lishingiz uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qilingiz.U zot sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo’ydi va osmondan suv tushirib, uning yordamida sizlarga rizq bo’lsin , deb mevalar chiqardi.Bas, bilib turib o’zgalarni Allohga tenglashtirmang” Baqara surasi 2:21,22
 
”(ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam), qasamki, agar siz ulardan(mushriklardan) o’zlarini kim yaratgani haqida so’rasangiz,albatta ular:”Alloh”, derlar.Bas,(O’sha Yaratuvchiga ibodat qilish o’rniga) qayoqqa burilib ketmoqdalar?!” (Zuxruf surasi 43:87)
 
”(ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam), ayting:””Kim sizlarga osmon va zamindan rizq berur yoki kim quloq-ko’zlaringizga egalik qilur?! Kim o’likdan tirikni chiqarur va tirikdan o’likni chiqarur hamda kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?!” Ular albatta :”Alloh”, dedilar.Bas, siz ayting:”Axir O’sha zotdan qo’rqmaysizlarmi?!”Bas, mana shu Alloh –Haqiqiy Parvardigoringizdir.Haqiqatdan keyin esa, faqatgina yo’ldan ozish bor, xolos(ya’ni haqiqiy Parvardigoringiz bo’lmish Allohdan o’zgaga sig’inar ekansiz, albatta yo’ldan ozgan bo’lursiz).Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?!” Yunus surasi 10:31,32
 
Shunday qilib kimki Allohdan o’zgaga ibodat qilsa u mushrik, kimki Allohga va boshqaga ibodat qilsa(ya’ni Allohga ibodatda sherik qilsa) u ham mushrik, kimki faqatgina Allohga ibodat qilsa u solix mo’mindir. Ibodatning Alloh taolo oldida qabul bo’linishining 3 ta sharti bor:
 
1. Alloh taologa iymon keltirib, Uni ibodatda yagona deb bilmoq. Dalil: Alloh taolo aytadi:
 
ma’nosi: “Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun firdavs bog’lari manzil bo’lur”. “Qahf” surasi, 107-oyat.
 
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:ma’nosi: “Alloh taologa iymon keltir va o’zingni o’ngla!” Imom Muslim rivoyatlari.
 
2. Ixlos. Ixlos – hech kimga so’zlamay, riyosiz xolis Alloh taologa
 
amal qilmoqdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
 
ma’nosi: “(Ey Muhammad), bas siz Allohga – U zot uchun diningizni xolis qilgan holda ibodat qiling”. “Zumar” surasi, 2 – oyat.
 
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar: “Kimki ixlos bilan “La ilaha illalloh” desa, jannatga kirgay”. Imom Bazzor rivoyatlari.
 
3. Amalni payg’ambar (sallallahu ’alayhi va sallam)ga kelgan buyruqlarga muvofiq holatda
 
bajarish. Dalil: Alloh taolo aytadi:
 
ma’nosi: “Payg’ambar o’zi sizlarga keltirgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar”. “Hashr” surasi, 7 – oyat.
 
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar: “Kimki biz buyurmagan ishni qilsa, u ish nomaqbuldir” Imom Muslim rivoyatlari
 
Demak, agar yuqoridagi shartlarning birortasi bajarilmasa ibodatimiz Alloh oldida qabul bo’lmaydi.
 
 
d) Allohning Ism va Sifatlari haqida
Alhamdulillah biz oldingi darsimizda Allohning Uluhiyati ya’ni Allohdan o’zga ibodatga haqli zot yo’q ekanligi haqida to’xtalib o’tgan edik. InshaAllaah biz bu darsimizda Allohga iymon nimalarni o’z ichiga olishi haqidagi mulohazalarimizni davom ettirib Allohning Ism va Sifatlarida yagona ekanligi haqida gapiramiz.
 
Biz Allohning Komil va Go’zal Ismlari hamda Ulug’(Buyuk) Sifatlari bor ekanligiga iymon keltiramiz.
 
Ya’ni Alloh taolo Qur’oni karimda O’zini qanday ismlagan va sifatlagan bo’lsa, yoki Rasululloh (sallallahu ’alayhi va sallam) sahih hadislarda u Zotni qanday ismlagan va sifatlagan bo’lsalar, ushbu Ism va Sifatlarga ularning so’zini yoki ma’nosini o’rgartirmasdan(tahrif), ularni inkor qilmasdan (ta’til), ular qanday deb so’ramasdan(takyif), hamda maxluqotlarning ism va sifatlariga o’xshatmasdan(tamsil) ammo bildiradigan ma’nolarini qabul qilib iymon keltirishdir.
 
Alloh taolo aytadi:
 
”Allohning gozal va komil ismlari bordir.Bas,Uni o’sha ismlar bilan chorlanglar(yod etinglar).Uning ismlarida haqdan og’ib shirk qiladigan mushrik kimsalarni tark qilinglar.Ular yaqinda qilib o’tgan amallariga yarasha jazolanur” AL-’Arof surasi 7:180
 
“Osmonlar va yerdagi eng yuksak va buyuk tasvirlash Unikidir(Undan boshqa ibodatga haqli zot yoq va Unga o’xshah hech narsa yo’q). U qudrat va hikmat egasidir” Ash-Shuro surasi 30:27
 
“Bas, Allohning o’xshashini qidirmanglar(U xotning misli-o’xshashi yo’qdir).Albatta,Alloh (barcha narsani) bilur, sizlar bilmassiz” An Nahl surasi 16:74
 
” Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11)
 
Biz Allohning Ism Va Sifatlarini Qur’on va Sahih sunnatdan bilamiz. Shuning uchun biz Allohni Alloh va uning rasuli (sallallahu ’alayhi va sallam) aytmagan ismlar bilan ismlay olmaymiz. Allohni Alloh va uning rasuli (sallallahu ’alayhi va sallam) aytmagan (ko’rsatmagan) sifat bilan sifatlay olmaymiz. Kimki shunday qilsa u yolg’onchidir. Alloh taolo O’zini maxluqotlaridan ko’ra yaxshiroq biladi. Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam maxluqot ichida Allohni yaxshiroq biladi.
 
Allohning barcha Ismlari Uning Sifatini ko’rsatadi,masalan, Alloh Ar Rahman Ar Rahim, Alloh Ar Rahman rahmga ega, Ar Raheem rahm beruvchi va h.k Ammo Alloh O’zini Ism aytmasdan ba’zi Sifatlar bilan tasvirlagan. Alloh bandalaridan rozi boldi, Alloh achchiqlandi. Bular faqatgina Allohning Sifatlari, Ismlari emas.
 
Allohning Ism va Sifatlarida Yagonaligi masalasida ikki guruh kishilari to’g’ri yo’ldan adashishgan:
 
1. Mu’attilah- bular Alloh Ism va Sifatlarini inkor qiluvchilar, ba’zilari aytishadiki, Allohga Ism va Sifat berish degan so’z Uni maxluqotlarga o’xhatdik degan gapdir. Bu yol’gon va botil ta’kiddir. Botilligi quyidagi yo’llarda korinadi:
 
a) Agar ular aytganday aytilsa u holda Allohning So’zida qarama-qarshilik bor degan xulosa chiqadi. Chunki Alloh O’zini Ism va Sifatlar bilan tasvirlagan va aytganki Unga o’xshash hech nars yo’q deb. Agar Allohning ism va sifatlarini qabul etish(ularga iymon keltirish) Allohning maxluqotlariga o’xshashligini keltirsa bu bildiradiki Allohning So’zlarida qarama-qarshilik borligini. Alloh esa bu kabi narsalardan yiroqdir.
 
b) Agar maxluqotlarda o’xshash ism bo’lsa ham Yaratganga o’xshash deganligini bildirmaydi. Masalan,Alloh Eshituvchi, Ko’ruvchi, maxluqotlar ham eshituvchi, ko’ruvchi. Alloh barcha narsani eshitadi, barcha narsani ko’radi O’zining Buyukligiga xos ravishda. Maxluqotlarning eshitishi va ko’rishi chegaralangan. Agar ism va sifatlar bir xil bo’lsa ular o’xshash degan ma’noni bildirmaydi.Maxluqotlar ichida bir xil ismva sifatga ega bo’lganlari bor ammo hususiyatlari har xildir. Masalan, maxluqot yuzga ega, odamlar yuzga ega hayvonlar yuzga ega. Ammo ularning yuzlari har xil. Hattoki, masalan, ayol bilan erkak,yevropalik erkak, africalik erkaklarning yuzlari har xil. Aka-ukalarning yuzlari har xil. Hatto, kishining yoshligidagi surati bilan qariligidadi suratida farq bor.Agar inson bilan hayvon, ikki inson yuzida, aka-ukalar yuzida, bir insonning yoshligidagi va qariligidagi yuzida faqr bo’lsa Yaratganning Yuzi bilan maxluqot yuzi o’rtasidagi farq undan ham kattaroqdir.Alloh taolo aytadi:”Buyuklik va hurmat sohibi bo’lgan Robbingizning Yuzi mangu-boqiy qoladi”. Ar-Rahmon surasi 55:27 Allohning barcha sifatlari O’zining Buyukligiga xos va maxluqotlaridan farq qiladi.Yana bir misol Qo’l. insonlar orasida o’ng qo’l bilan chap qo’l o’rtasida farq bor.Bittasi kuchliroq ikkinchisidan ko’ra. Insonlar bir –birlarining qo’llari o’rtasida farq bor. Maxluqotlar qo’llari orasida bunday farq bo’lsa Yaratganning Qo’li bilan maxluqotlar qo’li o’rtasidagi farq kattaroqdir. "Ular Alloh ta`oloni yaxshi(to’g’ri) tanimadilar. Yer qiyomat kunida Alloh ta`oloning Qo`lida bo`ladi. Samovot e`sa Uning O`ng Qo`lida bo`ladi. U Zot ularning(mushriklarning) shirklaridan pok va yuksakdir" (Zumar 39:67).” Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11)
 
 
2. Mushabbihah – Allohning Ism va SIfatlarini qabul qiluvchilar ammo Allohning Ism va Sifatlari maxluqotlarnikiga o’xshash deb ta’kidlovchilar. Ular Alloh O’zini maxluqotlarida bo’lgan ism va sifatlar bilan tasvirlagan shuning uchun Uning ism va sifatlari maxluqotlarinikiga o’xshash bo’lishi kerak deb da’vo qilishadi. Yuqorida biz agar ism va sifatlar o’xshash bo’lsa undan Alloh maxluqotga o’xshash degan narsa kelib chiqmasligini isbot qildik. Agar biror kishi so’rasaki, agar Alloh maxluqotga o’xshamasa nima uchun O’zini maxluqotlarida mavjud bo’lgan sifatlar bilan tasvirlagan de. Masalan, Alloh Sami’ul Baseer=Eshituvchi va Ko’rivchi, maxluqot ham sami’ul baseer eshituvchi va ko’ruvchi. Nega bunday? bunga javob shuki, Alloh shunday qildiki, biz tushuna olamiz. Agar Alloh O’zi haqida Alloh ABCD desa biror narsa tushuna olamizmi? Bundan tashqari Alloh Rozi bo’lishi, Achchiqlanishi kabi O’zining Buyukligiga xos sifatlardan tushunamizki, biz Allohning roziligini olishga muyassar etadigan va achchiqlanishiga sabab bo’lmaydigan amallarni doimo qilishimiz zarur. Allohning Rozi bo’lishi, achchiqlanishi maxluqotlarning achchiqlanishi va rozi bo’lishiga o’xshah emas. ” Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11)
 
Alloh sifatlari maxluqot sifatlariga o’xshash emas, ularni inkor qilish, ma’nosini o’rgartirish va qanday deb so’rash mumkin emas.Masalan, Alloh qanday gapiradi, qanday eshitadi, qanday ko’radi deb so’rash mumkin emas.
 
Agar biz biror narsaning qandayligini bilmoqchi bo’lsak, bizga quyidagi 3 yo’ldan bittasi kerak bo’ladi:
 
1. Biz u narsani ko’rishimiz kerak shu holda qandayligini tasvirlay olamiz.
 
2. Bizga biror kishidan ishonarli(sahih) ma’lumot kelsa o’sha narsa haqida u holda bu narsa qandayligi haqida ilmga ega bo’lamiz.
 
3. Biz unga o’xshash narsani ko’rsak uning qandayligini ayta olamiz.
 
masalan, agar toshkentning zakaz somsasi qandayligini bilmoqchi bo’lsak, biz uni borib ko’rishimiz, yoki ko’rgan kishidan so’rashimiz, yoki bir kishi kelib u somsa shu shu yerdagi somsaga o’xshah deb aytishi orqali bila olamiz.
 
Ammo, bu yo’llar Alloh qandayligini bilish uchun emas. Chunki, biz Uni ko’rmaganmiz, hech kim qandayligini aytmagan,, va hech narsa Allohga o’xshamaydi.
 
Bu 3 yo'ldan boshqa biror yo'l yoqki biz narsani qandayligini bila olsak. Demak, bu yo’llar orqali hech qachon Allohning qandayligini bila olmaymiz. Shuning uchun, biz barcha sifatlarga iymon keltiramiz, ularni maxluqot sifatlariga o’xshash demaymiz, qanday deb so’ramaymiz va ma’nosini o’zgartirmaymiz. Alloh va Uning rasuli(sallallahu ’alayhi va sallam)dan qanday kelgan bo'lsa shundayligicha qabul qilamiz.
 
Bundan tashqari biz Alloh taoloning Arshi yuqorisida ekangiga iymon keltiramiz:
 
Alloh taolo osmon(yuqorisi)da, Arshi A’lo ustida(yuqorisida)dir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
 
ma’nosi: “(U zot) O’z Arshi yuqorisida o’rnashdi”. (Toha surasi 20:5)
 
Imom Buxoriy aytishlaricha, “O’rnashdi”dan murod ko’tarildi va yuqori bo’ldi demakdir.
 
Payg’ambar (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
 
ma’nosi: “Alloh taolo jamiki narsalarni yaratishdan ilgari bir kitobni yozdi… Bu kitob U bilan Arshi A’lo yuqorisidadir”. Imom Buxoriy rivoyatlari
 
 
[[Category:Islom]]