Anas ibn Molik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ismanov (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Automated text replacement (-O' +O` & -o' +o` & -G' +G` & -g' +g`)
Qator 1:
Manba: Islom.uz
 
Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abu Omir ibn Amr ibn al-Horis Abu Abdulloh al-Asbahiy al-Madaniy – Dorul-hijratning imomi va faqihi hisoblanadi. Molik ibn Anas 93 hijriy sanada Madinai Munavvarada dunyoga keldilar. Al-Asbahiy nasablari Yamanning al-Asbah qabilasidandir. Imom Molik taba'-tobe'iynlardan bo'`lib, o'`z davrlarining buyuk ilm sohiblaridan biri, muhaddis va Molikiy mazhabining imomi edilar.
Imom Shofe'iy u kishi haqida shunday deydilar: «Molik tobe'iynlardan keyin Alloh taoloning xalqiga hujjatidir». Imom Nasaiy Imom Molikning hadis ilmidagi o'`rinlari va fazllari haqida shunday deydilar: «Men uchun hadis ilmida Molikdan ko'`ra bilimdon, hurmatli, ishonchli, amin va za'iflardan kam rivoyat qilgan boshqa kishi yo'`qdir».
 
Imom Shofe'iy: «Agar Molik va Ibn Uyayna bo'`lmaganda edi, Hijozning ilmi yo'`qolib ketgan bo'`lardi»-deydilar. Shuningdek: «Agar ulamolar esga olib o'`tilsa, Molik yulduzdirlar»-deydilar. Ibn Mahdiy: Molik al-Hakam va Hammoddan faqihroqdir»-dedilar.
 
Imom Molik xalifa Abu Ja'fr al-Mansurning taklifi bilan Islom ta'limotlarini musulmonlarga tushuntiruvchi kitob yozadilar va uni «al-Muvatto'`» (osonlashtirilgan) deb atadilar. Xalifa al-Mansur hamma musulmonlarni shu kitob bo'`yicha ish tutishga buyurmoqchi bo'`lganlarida, Imom Molik rozilik bermaydilar. Bu kitob qirq yil mobaynida to'`plangan hadislarni o'`z ichiga olib, uni mingga yaqin kishi rivoyat qilgan. Bu rivoyatlar o'`ttizta bo'`lib, shundan yigirmatasi mashhur.
Yahyo ibn Yahyo al-Laysiy al-Andalusiy al-Muvatto'`»ni vasflab: «U hadis va fiqh kitobidir, unga teng keladigan boshqasini bilmayman»-deydilar. Imom Shofe'iy: «Er yuzida ilmda «al-Muvatto'`»dan to'`g'`riroq kitob yo'`q»-deydilar.
 
 
Imom Molik Na'iym al-Mujmir, Zayd ibn Aslam, Abul Zinod, Sa'id al-Maqburiy, Hamiyd at-Toviyl, Xuzayfa as-Sihamiy al-Ansoriylardan rivoyat qilganlar. Ammo, Imom Molikdan rivoyat qilganlar ko'`p bo'`lib, u kishining ustozlari az-Zuhriy va Yahyo ibn Sa'iyd, asrdosh ulamo sheriklaridan al-Avzo'`iy, as-Savriy, Sufyon ibn Uyayna, al-Lays ibn Sa'd, Ibn Jurayj, Shu'ba ibn Hajjoj, ash-Shofe'iy, Ibn al-Qatton va Abu Ishoq al-Fazariylar shular shumlasidandir.
 
Imom Molik buyuk taqvo sohibi edilar. Agar hadis aytmoqchi bo'`lsalar, tahorat olib, o'`rinlariga viqor bilan joylashib olib keyin hadis aytishni boshlar edilar. U kishiga shu haqda aytishganlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini ulug'`lashni yaxshi ko'`raman shuning uchun tahoratdan xotirim jam bo'`lgandagina hadis aytaman» deb javob qilgan ekanlar. Shuning kabi yo'`lda ketayotib, tik turib yoki shoshilib turgan hollarida hadis aytishni yomon ko'`rar edilar. Yoshlari ulug'` bo'`lib, zaiflashib qolganlarida ham Madinai Munavarada ot yoki tuya minmagan, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jussalari dafn etilgan shaharda ot yoki tuya minmayman», degan ekanlar.
 
Imom Molik muhaddisgina bo'`lib qolmay, buyuk faqih, Molikiy mazhabining imomi edilar. U kishining mazhablari Islom olamida keng yoyilgan bo'`lib, Shofe'iy va Hanbaliy mazhablarining asosi hisoblanadi. Molikiy mazhabi hozirda, asosan shimoliy g'`arbiy Afrika davlatlarida keng tarqalgan.
Imom Molik Islom davlatining eng katta ilm markazlarining biri bo'`lgan «Doru us-Sunna» – Madinai Munavvarada yashaganliklari sababli hadis talab qilib boshqa yurtlarga safar qilmaganlar, balki, hadis talabida Madinaga kelgan ulamolar bilan uchrashib hadis almashar edilar.
 
Imom Molik butun umrlari davomida hech qanday qo'`zg'`alon fitnalarga aralashmaganlariga qaramay, xalifa Abu Ja'far al-Mansur davrida – ya'ni 146 yilda u kishining boshlariga musibat tushadi: darra bilan kaltaklanadilar va qo'`llarini tortib kuraklarini chiqarib yuboriladi. Buning sababi Imom Molik rivoyat qilgan «Mustakrah (majburlangan)ga taloq yo'`q» hadisining Muhammad ibn Abdulloh ibn Hasan an-Nafs az-Zakiya Madinai Munavvarada qo'`zg'`olon qilib chiqqan paytida ba'zi bir kuchlar tomonidan fina uchun qo'`llanilgan va bu hadisi sharif Abu Ja'far al-Mansurga qilingan bay'at noto'`g'`ri ekanligini bildirilganligidadir. Chunki xalifa al-Mansur taloq sharti bilan musulmonlardan bay'at olardi.
Imom Molik ibn Anas 179 hijriy sanada vafot etadilar.