Guano Apes: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12:
}}
'''Guano Apes''' — [[alternativ rok]] stilida ijod qiluvchi kvartet. Guruh [[1994]]-yili [[Gettingen]]da tashkil topgan.
 
==Tarix==
===1994 - 2005===
Guano Apes [[1994]]-yili Germaniyaning Gettingen shahrida, gitarachi Henning Rümenapp, baschi Stefan Ude va barabanchi Dennis Poschwatta tomonidan tashkil topdi. Keyinroq, shu yilning oʻzida guruhga vokalchi [[Sandra Nasić]] qoʻshiladi. Guruhning karyerasi 1996-yilda "Open Your Eyes" qoʻshigʻi bilan mahalliy guruhlar tortishuvida gʻalaba qozonganlaridan boshlandi. Qoʻshiq ularning birinchi va eng muvaffaqiyatli singli boʻladi va 1997-yili debyut albomi ''[[Proud Like a God]]''dan keyin chiqariladi. Shuningdek, "Open Your Eyes" Warren Millerning filmi "Ellik" (1999)da ishlatiladi.
 
2000-yilda Guano Apes oʻzligining ikkinchi albomi - ''[[Don't Give Me Names]]''ni chiqarishadi. "Big in Japan" ([[Alphaville]]'ga [[kaver]]) va "No Speech" singllari efirda juda koʻp qoʻyiladi va albom Germaniyada oltinlik unvoniga erishadi. ''[[Walking on a Thin Line]]'' 2003-yilda relizlanadi va "Quietly" hit-singlini dunyoga keltiradi. Guruh eng yaxshi qoʻshiqlari terilgan ''[[Planet of the Apes]]'' albomining relizi va 2005-yilning fevralida tugagan yakuniy turidan soʻng tarqalib ketadi.
 
==Guruh ishtirokchilari==