Requiem for a Dream: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 30:
{{sujet}}
Bosh qahramonlar — ona va oʻgʻil, Sara (Ellen Byorstin) va Garri Goldfarb (Jared Leto), Garrining yoqtirgan qizi Merion Silver (Jennifer Konneli) va Garrining doʻsti Tayron Lav (Uayans). Film va romandagi harakat yilning uch fasli davomida roʻy beradi: yozda, kuzda va qishda.
 
Voqea yozda, Saradan boshlanadi. Sara - [[Brayton Bich]] ([[Bruklin]])da bir oʻzi yashovchi keksa beva, u butun vaqtini [[televizor]] oldida bir xil koʻrsatuvni koʻrib oʻtkazadi. Uni faqat shokolad va boshqa nosogʻlom yeguliklar tinchlantiradi. Garri ba'zan uning uyida televizorni oʻgʻirlab, unga tushgan pullarga [[geroin]] sotib olish uchun paydo boʻladi.
 
Unga "Malin va Blok" telestudiyasidan qoʻngʻiroq qilishganda (uning aytishi boʻyicha), uning hayoti yangicha ma'no kasb etadi. Sara uni teledasturga taklif qilishganiga ishonadi. U dasturga oʻzining sevimli qizil koʻylagini kiymoqchi boʻladi, ammo koʻylak unga torlik qilib qolgan boʻladi. Muvaffaqiyatsiz parhezdan soʻng u dugonalarining maslahati bilan ozish uchun dorilarni qabul qila boshlaydi va sochini yorqin qizil rangga boʻyaydi. U dorilaga reseptni ishonchsiz shifokordan oladi. Garri bir safar onasini koʻrishga kelganida dorilar tarkibida narkotik stimulyatorlar (balki [[amfetamin]] bor boʻlishi mumkinligini aytadi va undan dorilarni iste'mol qilishni toʻxtatishini soʻraydi. Sara joʻshqin monologda Garriga eri vafotidan soʻng koʻp yillar yolgʻiz boʻlganini tushuntiradi. Tashlangan vazn va televideniyeda chiqish imkoni dugonlari koʻzida uning obroʻsini oshirishini, televizorda chiqish esa uning hayotiga yangicha ma'no kasb etishini tushuntiradi. Garri uni koʻproq ziyorat qilishga va Merion bilan tanishtirishga va'da beradi. Uyiga boʻlgan yoʻlda Garri vahimaga beriladi, ammo dozasini qabul qilgach tinchlanadi.
[[Tasvir:Requiem for a Dream screenshot 1.jpg|thumb|left|250px|[[Jared Leto]] va [[Jennifer Connelly]], filmdan lavha.]]
Bu paytda Garri va Tayron narkotiklarni sotib pul ishlay boshlashadi. Garri va Merion kelajak haqidagi orzularga berilishadi - ular doʻkon ochib Merionning tikuv ishlarini sotish bilan shugʻullanmoqchi boʻlishadi. Tayron yangi yutuqlarda koʻcha hayotining ayovsiz haqiqatidan qochish imkoniyatini koʻradi.
 
== Rollarda ==