Shashmaqom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
New page: Shashmaqom shakli bastakorlik san’atining mahsulidir. Bastakorlik an’analari ham juda qadimdan boshlab davom etib kelmoqda. Temuriylar, ayniqsa Navoiy davrida, keyinchalik XVI-XVII asr...
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7:
Shashmaqom tojikcha olti maqom demakdir. Shashmaqom taruibidagi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlarining har biri yirik shakldagi turkumli asarlar bo`lib, 20 tadan 45 tagacha katta va kichik hajmdagi maqom yo`llarini o`z ichiga oladi.
O`tmishda maqomlarning ijri etilishida tanbur va doira etakchi sozlardan hisoblangan. Maqom qismlari turkum tarzida yoki yakka kuy va ashulalar tarzida yakka navozanda xonanda yoki dastalar tamonidan ijro etilgan. Jo`rnavozlik tarkibida Ikkita tanbur, bitta dutor, bitta qubuz yoki sato, doira va bir necha hamnafas xonandalar bo`lgan. Ko`rinib turibdiki, dastaga yolg`iz torli asboblar kiritilgan. Bizningcha tanburning etakchi soz deb qabul qilinishiga ham ma’lum sabab bor. U turli maqomlarga moslab sozlashga qulay bo`lgan. Mabodo ashulachining ovozi keng diapazonli maqom yo`llariga yeta olmasa, uni bir-ikki pardaga past qilib sozlash mumkin edi. Olti maqomlarga asboblarni sozlashda ham tanbur qandaydir o`lchovli soz bo`lgan. Binobarin uni turli maqomlarga moslab sozlash mumkin. Shu sababli olti maqomga tanbur uch xil (kvinta, kvarta va katta sekunda) qilib sozlangan va Mezrobi Rost, Mezrobi Segoh, hamda Mezrobi Navo deb nomlangan.
[[Foydalanuvchi:213.206.45.159|213.206.45.159]] 14:43, 9 oktabr 2007 (UTC).