Shashmaqom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{wikify}}
 
Shashmaqom shakli bastakorlik san’atining mahsulidir. Bastakorlik an’analari ham juda qadimdan boshlab davom etib kelmoqda. Temuriylar, ayniqsa Navoiy davrida, keyinchalik XVI-XVII asrlarda bastakorlik san’ati yuksak darajada bo`lganligi qo`lyozma man’balardan ma’lum.
Bastakor so`zi tojikcha bo`lib, bog`lovchi, bastalovchi ma’nosini anglatadi. O`tmishda bastakorlarning faoliyati turlicha bo`lgan. Dastlab ular maqomlar va xalq musiqa asarlari asosida betakror kuy va ashulalar yaratganlar. Yana, bastakorlar maqom pardalari negizida yangi-yangi yo`llar, yaratganlar, tayyor kuyga yangi pardalar kiritib, yoki uni boshqa doira usuliga tushirib, jozibali va mukammal asarlarni yuzaga keltirganlar. Binobarin, she’r matnlarining ashulaga shaklan hamda mazmunan moslab tushirilishiga ham alohida ahamiyat berganlar. Shashmaqomdagi turkumlarning yuzaga kelishila bastakorlardagi bunday tajriba alohida ahamiyat kasb etadi. Ba’zan sho`’balar, masalan, Buzruk maqomidagi Talqini Uzzol, Nasri Uzzol va Ufari Uzzol qismi ohangdosh ashulalar bo`lib, faqat doira usuli va she’r o`lchovidangina farq etadi. Shashmaqom turkumlari ko`pincha ashulalarning yangidan-yangi variantlarini yaratish bilan takomillashtiriladi.