Sariagʻash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Ilm.uz (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 56:
'''Sariagʻash''' — [[Janubiy Qozog'iston viloyati]] hududida joylashgan shahar, [[Sariag'ash tumani|Sariagʻash tumanining]] markazi. Viloyat markazi sanalmish [[Chimkent]] shahridan janubga tomon 110 km uzoqlikda joylashgan. [[Toshkent]] shahridan 15 km uzoqlikda. Aholisi 40599 kishi (2012). Poydevori 1870-yillari qalangan. 1904 — 05-yillarda Sariagʻash deb nomlandi. 1926-yildan Sirdaryo guberniyasi, Tashqozoq uezining, 1928—1939-yillari Keles tumanining, 1939-yildan buyon Sariagʻash tumanining markazi, 1968 yilda shahar mavqeini oldi. Sariagʻashda shifobaxsh mineral suv chiqaruvchi „Aleks“ MChB, „Asem-ay“ MChB, „Kurort — Bars −2030“ MChB faoliyat yuritadi. Shaharda umumiy bilim beruvchi, musiqa, sport, kasb-texnik maktablari, Qabilanbek veterinariya kolledji, kutubxonalar, madaniyat uyi, klub, kinoteatr, tuman kasalxonasi, bolalar kasalxonasi, shifoxona, dispanserlar, feldsh.-akusherlik punkt bor. Shahar orqali [[Orenburg]] — [[Toshkent]] temir yoʻllari, [[Chimkent]] — [[Shardara]] avtomobil yoʻllari oʻtadi.
 
{{Janubiy Qozogʻiston viloyati}}
[[Turkum:Qozogʻiston shaharlari]]