Yunon-Baqtriya podsholigi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
 
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Automated text replacement %s
Qator 1:
Eramizdan avvalgi 256 yilda Parfiya, Baqtriya va So'`g'`diyona Salavkiylar davlatidan ajralib chiqdi. Baqtriya strapi Diodot o'`zini shoh deb e'lon qildi va mintaqada gegemonlik uchun kurash boshladi. Bunga javoban, Arshaxidlar Parfiyada hokimiyatni qo'`lga kiritdi. So'`g'`diyona esa Baqtriya hukmronligi ostiga o'`tdi. Eramizdan avvalgi 230 yilda So'`g'`diyona strapi Yevtidem Diodotning vorisini taxtdan ag'`dardi. Yunon-Baqtriya bilan Parfiya o'`rtasida savdo yo'`llarini nazorat qilish borasida doimiy urushlar bo'`lib turgan. Eramizdan avvalgi 209-208 yillarda salavkiy hukmdori Buyuk Antiox III Salavkiylar saltanatini qayta tiklash uchun sharqqa yurish boshlaydi. 207 yilda u Parfiyani mag'`lubiyatga uchratib, Yunon-Baqtriyaga qarshi harbiy yurish qiladi. Antiox qo'`shinlari Yevtidem ustidan g'`alaba qozonadi va Yunon-Baqtriya poytaxti Baqtrani qamal qiladi. Qamal ikki yil davom etgan. Nihoyat Yevtidem Antiox bilan tinchlik sulhini tuzishga erishadi. O'`z navbatida u Antioxga o'`zining barcha jangchi fillarini topshiradi. Yevtidemning o'`g'`li Demetriy esa salavkiylar malikasiga uylanadi. Magnesiya jangida rimliklar tomonidan salavkiylarga qattiq talofot yetkazilishi natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi salavkiylarning ittifoqchilari bo'`lgan janubiy knyazliklarni o'`ziga bo'`ysundirish imkoniyatiga ega bo'`ladi. Eramizdan avvalgi 187 yilda otasi Yevtidemning vorisi Demetriy Araxosiyani zabt etadi va Hindiston sari yo'`l oladi. Demetriy Shimoliy Hindistonda o'`z qo'`shinlari bilan ancha muddat qolib ketadi. Bundan foydalangan uning sarkardalaridan biri - Yevkradit 171 yilda Baqtra hokimiyatini qo'`lga kiritadi. Yevkraditning podshohligi tarixda "behisob shaharlar podshohligi" degan nom olgan. Xitoy manbalarida yozilishicha, eramizdan avvalgi 165 yilda Yettisoyga (Semirechya) yuechjilarning qadami tekkan. Ular Sirdaryo orqali Amudaryo sohillari tomon yo'`l olgan. Ular Baqtriyani egallashga ham muvaffaq bo'`lgan. 155 yilda Yevkradit navbatdagi yurishlarning birida o'`z o'`g'`li tomonidan o'`ldiriladi. Xuddi shu davrlarda Yunon-Hind podshohligi tashkil topgan edi. 141-128 yillar Yunon-Baqtriya podshohligining tanazzulga yuz tutish davri bo'`ldi. Taxminlarga ko'`ra, yuechshilar Baqtriyani qo'`lga kiritgandan so'`ng shoh Geliokl Paropamisada yoki Araxosiyada hokimiyatni saqlab qolgan. O'`rta Osiyo ikki yuz yil ellinlar dunyosining bir qismi bo'`ldi. Bu davr O'`rta Osiyo tarixida jiddiy iz qoldirgan. So'`g'`d va Baqtriya ellin-makedon harbiy guruhlariga tayangan strapiyalarga aylandi. Hirot, Marv kabi yangidan-yangi shaharlar vujudga keldi. Mintaqada yunon standartlari bo'`yicha tangalar zarb etildi. Mintaqaga yunon xudolari panteoni, yunon adabiyoti va teatri kirib keldi. Mahalliy va yunon madaniyatining o'`zaro sintezi sodir bo'`ldi.
 
{{wikify}}[[Category:O`zbekiston tarixi]]